Shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonning Hisor shahrida U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “B” guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar termasi jamoasi OCH saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 31 oktyabr kuni ertalab Tojikistonga uchib ketdi.
Mazkur guruhda O‘zbekiston U-19 termasi Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun mezbon Tojikiston, Bangladesh, Shri-Lanka va Maldiv orollariga qarshi bahs yuritadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasida BAA, Serbiya, Gruziya, Belarus, Armaniston, Qatar mamlakatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazdi.
Yig‘in doirasida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi. Quyida mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari natijalari bilan tanishing:
08.03.2017 BAA U-19 – O‘zbekiston U-19 – 0:2
10.03.2017 BAA U-19 – O‘zbekiston U-19 – 2:1
18.04.2017 Serbiya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 2:0
20.04.2017 Serbiya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 2:2
02.05.2017 Gruziya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 4:2
02.05.2017 Gruziya U-19 – O‘zbekiston U-19 – 1:4
17.06.2017 Belarus U-19 – O‘zbekiston U-19 – 3:1
19.06.2017 Belarus U-19 – O‘zbekiston U-19 – 0:4
07.08.2017 Armaniston U-19 – O‘zbekiston U-19 – 0:1
09.08.2017 Armaniston U-19 – O‘zbekiston U-19 – 4:1
20.10.2017 Qatar U-19 – O‘zbekiston U-19 – 2:4
23.10.2017 O‘zbekiston U-19 – BAA U-19 – 1:0
25.10.2017 O‘zbekiston U-19 – BAA U-19 – 4:1
Yil davomida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlar va ko‘riklardan keyin Aleksandr Mochinov Osiyo chempionati saralashiga 22 nafar futbolchini jalb qildi.
Darvozabonlar: Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”), Obidjon Tolipov (“Bunyodkor”);
Himoyachilar: Ibrohim Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Abubakir Mo‘ydinov (“Bunyodkor”), Nodir Kuybakov (“So‘g‘diyona”), Jasur Rahimov (“Paxtakor”), Jasurbek Eshmamatov (“Paxtakor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Asadbek Sobirjonov (“Paxtakor”), Rasul Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Boburjon Asqarov (“Paxtakor”), Abbos Jumaqulov (“Sementchi”), Alisher Salimov (“NBU-Osiyo”), Shohruxbek Abdurahmonov (“NBU–Osiyo”), Hasan Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Afzal Xolmuhammedov (“Bunyodkor”), Suxrob Izzatov (“Bunyodkor”);
Hujumchilar: Sanjar Zokirov (“Sementchi), Islom Kenjaboyev (“Nasaf”), Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”).
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Tojikiston safari oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Yil davomida sifatili o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazib, bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdik”, – dedi Aleksandr Mochinov O‘FF matbuot xizmatiga. Tayyorgarlik jarayoni yaxshi o‘tdi. “Futbolchilarni sinovdan o‘tkazdik va terma jamoaga munosiblarini saralab oldik. Saralash bosqichidagi har bir o‘yinga jiddiy munosabatda bo‘lib, g‘alaba qozonishni va O‘zbekistonga Osiyo chempionati yo‘llanmasi bilan qaytishni maqsad qilganmiz”
Aleksandr Mochinov shogirdlari musobaqadagi ilk uchrashuvini 2 noyabr kuni Shri-Lankaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishish mumkin.
U-19 OCH saralashi
Hisor, Tojikiston
31 oktyabr – 8 noyabr
31 oktyabr, seshanba
14:00 Maldiv orollari – Shri-Lanka
17:00 Bangladesh – Tojikiston
2 noyabr, payshanba
12:00 Shri-Lanka – O‘zbekiston
15:00 Maldiv orollari – Bangladesh
4 noyabr, shanba
12:00 O‘zbekiston – Maldiv orollari
15:00 Tojikiston – Shri-Lanka
6 noyabr, dushanba
14:00 Bangladesh – O‘zbekiston
17:00 Tojikiston – Maldiv orollari
8 noyabr, chorshanba
14:00 Shri-Lanka – Bangladesh
17:00 O‘zbekiston – Tojikiston
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, U-19 Osiyo chempionatiga mezbon Indoneziyadan tashqari saralashning guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallagan 10 jamoa hamda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 5 jamoa yo‘l oladi. U-19 OCH final bosqichi 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.