Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Samvel Babayanning «izdoshlari» o‘z vazifasidan ozod etilmoqda...

Samvel Babayanning «izdoshlari» o‘z vazifasidan ozod etilmoqda...

Baho:
+ | -

Ozarbayjon futbol federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Robert Prosinechkini JCH–2018 final bosqichiga chiqish vazifasi bajarilmaganidan so‘ng o‘z lavozimidan bo‘shatishga qaror qildi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, OFF prezidenti Ravnaq Abdullayev va 48 yoshli xorvatiyalik mutaxassis o‘rtasidagi suhbatdan keyin ikki tomon ham shartnomani bekor qilishni istashgan.
 
2014 yilda germaniyalik mutaxassis Berti Fogtsning o‘rniga kelgan Prosinechkiga milliy jamoani jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi yuklatilgandi.
 
Biroq ozarbayjonliklar Rossiya–2018 mundiali saralash o‘yinlarida atigi 10 ochko to‘plab, guruhda bor-yo‘g‘i 5-o‘rinni egallashdi.
 
Ayni paytda Robert Prosinechkini Yevropaning bir nechta klublari ishga chaqirmoqda. Ular orasida Turkiyaning “Bursaspor” jamoasi aniq taklif bilan chiqqan.
 
Shuningdek, bugun, 31 oktyabr kuni Serbiya terma jamoasini mundialga olib chiqqan murabbiy Slavolyub Muslin o‘z o‘rnini tark etdi.
 
Taxminlarga ko‘ra, Robert Prosinechki murabbiylik faoliyatini aynan Serbiya terma jamoasida ham davom ettirishi mumkin ekan.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futbol federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanni o‘z vazifasidan ozod etib, murabbiylar shtabini butunlay tarqatib yuborgandi.
 
Endi esa, shartli ravishda, Samvel Babayanning “izdoshlari” — Robert Prosinechki hamda Slavolyub Muslinlar ham o‘z vazifalaridan ozod etildi.   

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 12:44, 31.10.2017.
O'qildi: 9503 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик