Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Zidan: «Qiyin vaziyatlarni boshimizdan o‘tkazdik, lekin bu yaxshi holat»

Zidan: «Qiyin vaziyatlarni boshimizdan o‘tkazdik, lekin bu yaxshi holat»

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Tottenxem”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar Ispaniya chempionatida o‘rtamiyona “Jirona” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘yishgandi.

“Ha, bu men uchun yangi chaqiruv bo‘ldi. Alamli mag‘lubiyatni unuta olmayapman. Muhimi ishlashda davom etish kerak.

Biz joriy mavsumda har qanday vaziyatni boshimizdan o‘tkazdik. “Real”ga mag‘lubiyat mazasi yoqmaydi, lekin yangi chaqiruvlarni yaxshi ko‘raman. Endi yana g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlarimiz oshdi deya olaman.

Qachonki ishlarim qiyinlashib ketsa, shulardan qutulish yo‘llarini o‘ylab topaman. Bu holat esa menga yoqadi.

“Real” futbolchilari o‘z joyida, balki kimdir mag‘lubiyatni hali ham gapirib yurgan bo‘lishi mumkin. Ammo bugun faqat “Tottenxem”ga qarshi uchrashuv haqida o‘ylayapmiz. O‘ylaymanki, “Real” safarda yaxshi o‘yin o‘tkazadi”, deydi Zidan.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” – “Real” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

Manba: www.ru.uefa.com
Kiritildi: 18:19, 01.11.2017.
O'qildi: 4243 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик