Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Oliy Liga: 27-turda bizni qanday qarama-qarshiliklar kutmoqda?

Oliy Liga: 27-turda bizni qanday qarama-qarshiliklar kutmoqda?

Baho:
+ | -

3-4 noyabr kunlari Oliy Ligada 27-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasidan bir qator qiziqarli tarzda o‘tishi kutilayotgan uchrashuvlar o‘rin olgan bo‘lib, quyida mazkur turda bahs yuritadigan klublarning o‘zaro o‘yinlar tarixi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

3 noyabr (juma)

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Lokomotiv» (Toshkent)

27-turning qiziqarli o‘tishi taxmin qilinayotgan uchrashuvlaridan biri Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Unda joriy yilgi mavsumni u qadar muvaffaqiyatli o‘tkaza olmayotgan «Neftchi» musobaqa jadvali peshqadami «Lokomotiv»ni qabul qiladi. Mazkur jamoalar shu paytgacha milliy chempionlarimiz doirasida 25 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 14tasida «Lokomotiv», 7tasida «Neftchi» vakillari g‘alaba qozonishgan. 4ta o‘yinda esa g‘olib aniqlanmagan – durang. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham O‘zbekistonning amaldagi chempioni tomonida – 44-32.

Birinchi davradagi uchrashuv: 0:4 («Lokomotiv» g‘alaba qozongan)

 

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Paxtakor» (Toshkent)

Tur doirasidan o‘rin olgan yana bir o‘yinda «So‘g‘diyona» o‘z uyida «Paxtakor»ni qabul qiladi. Ushbu ikki klub Oliy Ligada 43 marta o‘zaro bahs yuritishgan. Mezbonlar ushbu uchrashuvlarning 4tasida, mehmonlar esa 35tasida zafar quchishgan. Yana 4ta bellashuv durang bilan yakuniga yetgan. «Paxtakor» futbolchilari raqib darvozasini 114 bor ishg‘ol etishgan. Jizzaxliklar esa mazkur raqib darvozasiga 37 marta yo‘l topa olishgan.

Birinchi davradagi uchrashuv: 2:3 («Paxtakor» g‘alaba qozongan)

 

«Bunyodkor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan)

Musobaqa jadvalining 4-pog‘onasini band etib turgan «Bunyodkor» navbatdagi turda 7-o‘rinda borayotgan «Navbahor»ga qarshi bahs yuritadi. Mazkur klublar hozirga qadar Oliy Ligada 21 bor o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan. Ularning 15tasida «qaldirg‘ochlar», 2tasida «lochinlar» g‘alabaga erishishgan. 4ta uchrashuvda esa tomonlar murosa qilishgan – durang. To‘plar nisbati – 44-11 toshkentliklar foydasiga.

Birinchi davradagi uchrashuv: 1:1 (durang)

 

4 noyabr (shanba)

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)

«Olmaliq» jamoasi esa bu turda «Sho‘rtan»ni qabul qiladi. Olmaliqliklar g‘uzorliklarga qarshi hozirgacha 17 marta maydonga chiqishgan. «Olmaliq»da 7ta g‘alaba, «Sho‘rtan»da esa 5ta g‘alaba mavjud. Yana 5ta uchrashuv durang bilan nihoyasiga yetgan. «Olmaliq» vakillari ushbu raqib darvozasini 29 bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishgan. G‘uzorlik futbolchilar esa 23 marta «Olmaliq» darvozasiga yo‘l topishgan.

Birinchi davradagi uchrashuv: 1:0 («Olmaliq» g‘alaba qozongan)

 

«Nasaf» (Qarshi) – «Metallurg» (Bekobod)

Oliy Liga musobaqa jadvali 2-pog‘onasida borayotgan Qarshining «Nasaf» klubi navbatdagi uchrashuvini Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv ikkala jamoaning o‘zaro 40-qarama-qarshiligi bo‘ladi. Shu paytga qadar o‘tkazilgan 39ta o‘yinning 25tasida «Nasaf» vakillari g‘alabaga erishishgan. 10ta uchrashuv esa bekobodlik futbolchilar foydasiga hal bo‘lgan. 4ta o‘yin durang bilan nihoyasiga yetgan. Qarshilik futbolchilar 67 marta «Metallurg» darvozasiga yo‘l topa olishgan. «Metallurg» esa «Nasaf» darvozasiga 31ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishgan.

Birinchi davradagi uchrashuv: 0:1 («Metallurg» g‘alaba qozongan)

 

«Qizilqum» (Navoiy) – «Dinamo» (Samarqand)

Turning yana bir shiddatli tarzda o‘tishi kutilayotgan o‘yini Navoiyda kechadi. Unda musobaqa jadvalida yonma-yon ketayotgan «Qizilqum» va «Dinamo» o‘zaro bahs olib borishadi. Mazkur ikki klub O‘zbekiston chempionatlari tarixida hozirgacha 33 bor to‘qnash kelishgan. «Qizilqum» hisobida 14ta g‘alaba, «Dinamo»da esa 10ta g‘alaba mavjud. O‘zaro o‘yinlarning 9tasi durang bilan nihoyasiga yetgan. To‘plar nisbati esa 43-42 samarqandliklar foydasiga.

Birinchi davradagi uchrashuv: 1:0 («Qizilqum» g‘alaba qozongan)

 

«Buxoro» (Buxoro) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)

27-turning yana bir diqqatga sazovor o‘yini Buxoroda kechadi. Unda «Buxoro» «Qo‘qon-1912»ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur klublarning musobaqa jadvalida 5- hamda 6-o‘rinlarni egallab turganini inobatga olsak, uchrashuv qiziqarli o‘tishiga shubxa yo‘q. «Buxoro» va «Qo‘qon-1912» hozirga qadar Oliy Ligada 23 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Hozircha «Buxoro»da 12ta, «Qo‘qon-1912» hisobida esa 9ta g‘alaba mavjud. Faqatgina 2ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Buxorolik futbolchilar ushbu raqib darvozasiga 45ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishgan. Qo‘qonliklar esa 33 bor «Buxoro» darvozasini ishg‘ol etishgan. 

Birinchi davradagi uchrashuv: 1:2 («Qo‘qon-1912» g‘alaba qozongan)  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 00:56, 02.11.2017.
O'qildi: 4391 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.