Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Futzalchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi

Futzalchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu yilning 1 oktyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov  Dubayda Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmasi vise-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgandi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va BAA futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi va Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmalari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash orqali o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari orasida futbolni yanada ommalashtirish uchun amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida suhbat olib borib, uchrashuv yakunida O‘FF va BAA Futbol Uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumini imzolangandi.

Ana shu memorandum asosida O‘zbekiston va BAA futzal terma jamoalari o‘rtasida Sharja shahrida ikkita o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi. Bahodir Axmedov shogirdlari har ikki uchrashuvda 5:4 va 4:0 hisoblarida g‘alaba qozonishdi. Bugun, 4 noyabr kuni futzalchilarimiz poytaxtimizga qaytib kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida bo‘lib o‘tgan OCH saralash bosqichi «A» guruhida 1-o‘rinni egallab, Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Futzal bo‘yicha qit’a birinchiligi 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:55, 04.11.2017.
O'qildi: 1992 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик