Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Prevyu: «Nasaf» - «Sho‘rtan»

Prevyu: «Nasaf» - «Sho‘rtan»

Baho:
+ | -

Yurtimiz stadionlarida oliy ligada ishtirok etadigan jamoalar yana o‘zaro bahslarga kirishishadi. Navbatdagi 28-tur uchrashuvlari 8-9 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu turda Qashqadaryo viloyatining ikki jamoasi o‘zaro kuch sinashadi. Voha derbisi - “Nasaf” – “Sho‘rtan” uchrashuvi 9 noyabr payshanba kuni “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Yodingizda bo‘lsa, asli birinchi davra uchrashuvi Qarshida bo‘lishi kerak edi. Ammo “Markaziy”da rekonstruksiya ishlar davom etayotgani bois, 13-tur uchrashuvi G‘uzorga ko‘chirilgan va “Sho‘rtan” jamoasi mezbonlik qilgan edi.

O‘zPFL, 28-tur

“Nasaf” (Qarshi) - “Sho‘rtan” (G‘uzor)

09.11.2017. “Markaziy” stadion. 17:00da

Bosh hakam: Axmadjon Ergashev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov (Toshkent), Sultonmurod Ulfatov (Toshk.vil.)

Zaxira hakami: Baxtiyor Yulcharayev (Guliston)

Nazoratchi: Shamil Jumayev  (Qarshi)

O‘zPFL vakili: Ma’mur Saidqosimov.

Bu yilgi chempionat avvalida yetakchilarni (“Sho‘rtan” – “Lokomotiv” 2:0, “Sho‘rtan” – “Bunyodkor” 1:0, “Sho‘rtan” – “Paxtakor” 3:0) mag‘lub etib, katta shov-shuv ko‘targan “oq bo‘rilar”ning keyingi uchrashuvlarda omadi chopmadi. Natijada ular autsayderlar qatoriga tushib ketishdi. Bunga asosiy sabab, FIFA tomonidan ularga qo‘llanilgan jazolar bo‘ldi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga oid

Bu jamoalar o‘zaro navbatdagi 24-uchrashuvda maydonga tushishadi. O‘zaro o‘tkazilgan 23 bahsning 17 uchrashuvida “ajdarlar” g‘alaba qozonishgan, “Sho‘rtan” esa 5 uchrashuvda g‘alabaga erishgan. Atigi bir uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Bu durang (0:0) 2010 yili Qarshida 8523 tomoshabin ko‘z oldida kechgan.

To‘plar nisbati 52-24 ko‘rinishida, jamoamiz ustunligini ko‘rsatmoqda.

O‘zaro o‘yinlarda jamoamiz “Sho‘rtan”ni eng yirik 5:0 hisobida, “Sho‘rtan” esa eng yirik 3:2 hisobida g‘alabaga erishgan.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi G‘uzorda bo‘lib o‘tgan birinchi davra 13-tur uchrashuvida “ajdarlar” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Jamoamiz gollariga Bahrom Abdurahimov va Doniyorjon Narzullayevlar mualliflik qilishgan. “Oq bo‘rilar”ning uchrashuvdagi yagona golini penaltidan Igor Taran kiritgan.

O‘sha uchrashuvda “Nasaf”ning serbiyalik hujumchisi Dragan Cheran kartochkalari soni to‘rttaga yetgani bois,  maydonga tushmagan edi.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

“Nasaf” – “Sho‘rtan” jamoalari shu paytgacha Qarshida o‘zaro 11 marta tuqnash kelishgan. Bu uchrashuvlarning 10tasida “ajdarlar” g‘alaba qozonishgan, 1 uchrashuvda golsiz durang bo‘lgan. “Sho‘rtan” jamoasi, “Nasaf” ustidan Qarshida g‘alabaga erisha olmagan.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga 34 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ham yaqqol ustunlik “Nasaf” tomonida – 26:8.

Qarshida bo‘lib o‘tgan oxirgi o‘zaro besh uchrashuv natijasi

06.03.2016. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 2:1

12.09.2015. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 3:1

14.04.2013. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 3:0

14.09.2012. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 2:1

15.06.2011. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 5:0

“Sho‘rtan” jamoasi to‘purarlari haqida

“Sho‘rtan” jamoasi shu paytgacha raqiblari darvozasini 27 marta ishg‘ol qilib, o‘z darvozalaridan 48 marta to‘p olib chiqishgan. Ushbu 27ta golni 11 nafar futbolchi o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

“Sho‘rtan” jamoasi to‘purarlar ro‘yxatini ayni paytda Igor Taran boshqarib bormoqda. Uning hisobida 7ta to‘p bor. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini uch nafar futbolchi egallab turibdi. Bular Otabek Narzullayev, Laziz Ubaydullayeva va Jasur Xolto‘rayevlardir. Bu futbolchilar hisobida uchtadan to‘p bor.

Hozirgi kunda “Nasaf” sharafini himoya qilayotgan Umarbek Eshmurodov bu uchrashuvda sobiq jamoasi – “Sho‘rtan”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. O‘z o‘rnida ta’kidlash joiz, Eshmurodov g‘uzorliklar safida ikki bor raqiblar darvozasiga gol kiritgan. Yodingizda bo‘lsa, Umarbek Eshmurodov “Bunyodkor”  va “Lokomotiv” jamoalari darvozasiga gol kiritib, “Sho‘rtan”ning g‘alabalariga hissa qo‘shgan edi.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

9 noyabr payshanba kuni bo‘ladigan 28-tur,  “Nasaf” - “Sho‘rtan” jamoalari uchrashuvi Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Bir kun oldin,  ya’ni 8 noyabr chorshanba kuni bo‘ladigan kichik derbi, Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohidagi maydonda  soat 15:00da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu o‘yinlarga taklif etib qolamiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:42, 07.11.2017.
O'qildi: 2608 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.