Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Shahram G‘iyosov: «Bu mavsum «Real»ga oson bo‘lmaydi»

Shahram G‘iyosov: «Bu mavsum «Real»ga oson bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasida kumush, joriy yil Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida esa oltin medal sohibiga aylangan Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov millionlar o‘yiniga ham befarq emas.

U o‘zi tug‘ilib-o‘sgan shahar jamoasi - «Buxoro», shuningdek, Madridning «Real» klubiga muxlislik qiladi. Oldinroq esa «Manchester Yunayted» jamoasi ishqibozi bo‘lgan.

Sevimli futbolchisi Krishtianu Ronaldu Madridga ko‘chib o‘tgach, mehri «Qirollik klubi»ga tushgan. Bugungi kunda ham «Real» ishtirokidagi barcha o‘yinlarni yarim tun bo‘lishiga qaramay, ko‘rib boradi.

Sevimli jamoalari g‘alaba qozonsa, quvonadi, aksincha, mag‘lubiyatga uchrasa, ranjiydi. Ronalduni ayni paytda dunyoning tengsiz futbolchisi, Zayniddin Zidanni esa eng yaxshi murabbiy deb biladi.

O‘z navbatida, Messining o‘yinlaridan ham zavq oladi. Krishtianuga bo‘lgan hurmat sabab har bir g‘alabali janglaridan so‘ng portugaliyalik futbolchining golni nishonlashdagi harakatlarini takrorlaydi.

Shu tariqa buxorolik bokschi o‘zi ishtirokidagi janglarni haqiqiy shouga aylantiradi. Biz G‘iyosov bilan aynan millionlar o‘yini mavzusida dildan suhbatlashdik.

- Shahram, Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatidan so‘ng ta’til oldingiz. Terma jamoamizning qolgan bokschilari Qozog‘istondagi nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etishdi. Bu tanaffus nima bilan bog‘liq?

- Umuman olganda, dam olishga fursat bo‘lmadi. Germaniyadagi jahon chempionatidan qaytib kelganimdan so‘ng hordiq chiqarish uchun bir hafta vaqt ajratdim. Ta’tilni oila a’zolarim, qarindoshlar va do‘stlar davrasida o‘tkazdim.

Bir haftadan keyin yana to‘laqonli mashg‘ulotga qaytdim. Bizga murabbiylar shunday ko‘rsatma berishadi. Ustozimiz Marat Qurbonov «Hamisha yurak urishini me’yorida ushlab turinglar, sababi, u kuniga ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazishga moslashgan», deb uqtiradi.

Agar mashqlarni tashlab, ma’lum muddatdan so‘ng sport zaliga qaytsak, yurakka ortiqcha yuklama bergan bo‘lamiz. Bu esa yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi tayin.

Shuning uchun ham, hamisha kun tartibi va majburiy me’yorlarga rioya qilamiz. Aslida, faqat boks bilan cheklanmaymiz. Futbol, basketbol va suzish mashg‘ulotlari bilan ham muntazam shug‘ullanib boramiz.

- Nafaqat bokschilar, balki boshqa yakkakurash sport turi vakillarida ham vaznni saqlash qiyin jarayon hisoblanadi. Qisqa fursatda eng ko‘p necha kilogramm tashlagansiz?

- Germaniyadagi jahon chempionati chog‘ida kun issiq bo‘lsa-da, bosh kiyimi va qalin liboslarimizda mashg‘ulot o‘tkazdik. Bu aynan vaznni ushlab turish uchun qilingan harakatlar edi.

Boisi, kamida 3-4 kg.dan xalos bo‘lishimiz talab etilgandi. -69 kg. vaznga ko‘tarilganimga ikki yil bo‘ldi. O‘shandan beri ushbu ko‘rsatkichni ushlab turishda qiynalmayapman. Vaholanki, avvallari bu borada muammo tug‘ilardi.

O‘sha kezlari 6-7 kg.dan xalos bo‘lishimga to‘g‘ri kelardi. Natijada bu vaznda katta yutuqlarga erisha olmaganman.

Hozir -69 kg. vazn toifasida o‘zimni erkin his qilyapman. 10 kg. tashlab yaxshi jang o‘tkazadigan bokschilar ham bor, ammo men buni uddalay olmayman. Agar vaznim oshib ketsa, -75 kg. toifasiga o‘taman.

- Rio Olimpiadasida ajoyib xatti-harakatlaringiz evaziga nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki dunyo ommasi e’tiborini ham o‘zingizga jalb qila oldingiz. Ya’ni, har bir g‘alabangizni xuddi Krishtianu Ronaldu singari nishonladingiz. Bu oldindan rejalashtirilganmidi?

- Jang payti xayolimda shunday fikr tug‘ildi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Olimpiadada har bir bokschimizda his-hayajon yuqori edi. Masalan, Fazliddin G‘oibnazarov g‘alabasidan keyin yig‘lab yubordi.

Rustam To‘laganovda ham xuddi shunday holatni ko‘rdik. Hasanboy Do‘smatov sakrab, yosh bolalardek harakat qildi. Men ham ehtiroslarimni ortiq ushlab tura olmay, g‘alabamni xuddi Krishtianu Ronaldu kabi nishonladim.

Ochig‘i, buni oldindan rejalashtirmagandim. «Real» klubi va Krishtianuga bo‘lgan mehrim sabab Olimpiadadagi g‘alabamni shu tarzda nishonlashga ahd qildim.

- O‘sha harakatingizdan keyin Ronaldu suratingizni o‘zining «Tvitter»dagi sahifasiga qo‘ygandi. U bilan internet orqali gaplashmadingizmi?

- Ha, xuddi shunday bo‘lgandi. Qolaversa, surat «Real» klubining rasmiy «Instagram»iga ham qo‘yilgandi. Uning ostiga «Ronaldu va «Real»ga bo‘lgan hurmat uchun rahmat!» so‘zlari bitilgandi.

Internet orqali SMS tarzida tashakkurnoma jo‘natildi. Bundan juda ham quvongandim. Hozircha Krishtianu bilan suhbatlashish nasib etmadi, lekin rejada bor. «Qirollik klubi» meni Madridga taklif qilgan.

- Demak, «Santyago Bernabeu»ga borishni rejalashtirgansiz?

- Xuddi shunday. Balki dekabr oyida bo‘ladigan «el-klasiko»ga borarman?! Madriddagi stadionda «Real» ishtirokidagi o‘yinni tomosha qilish orzum ro‘yobga chiqadi, degan umiddaman.

Klub muzeyini ko‘rish va albatta, Ronaldu bilan suhbat qurishga harakat qilaman. O‘ylaymanki, bu niyatlarim shu yilning o‘zida amalga oshadi.

- Qachondan buyon «Real» muxlisisiz?

- 2009 yildan boshlab Madrid superklubiga ishqibozlik qilib kelaman. Avvallari «Manchester Yunay-ted»ning ashaddiy muxlisi edim. Bekxem, Ronaldu, Ouen, Runi kabi yulduzlar shu klubda to‘p surishgani uchun ham jamoa o‘yinlariga befarq emasdim.

O‘sha yili Krishtianu Ronaldu «MYU»ni tark etgach, «Real»ga mehrim tushdi. Lekin bu bilan Angliya klubi menga begona bo‘lib qolgani yo‘q. Hozir ham «qizil iblislar» ishtirokidagi uchrashuvlarni imkon qadar kuzatib boraman.

- Bu ikki jamoa o‘zaro to‘qnash kelsa, qaysi biriga muxlislik qilasiz?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:19, 08.11.2017.
O'qildi: 5932 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.