Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Nemis murabbiyining seminari. Ikkinchi kun

Nemis murabbiyining seminari. Ikkinchi kun

Baho:
+ | -

Xerald Frits JFL in Tashkent futbol maktabida o‘zbek murabbiylari uchun seminar o‘tishda davom etmoqda. Navbatdagi dars Germaniya futbolida bolalarni tarbiyalash bosqichlari va har bir bosqich vazifalari haqida so‘z yuritildi.

Germaniyadagi futbol maktablaridagi mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor har doim to‘p bilan ishlashga qaratiladi. Natijaga 12 yoshga qadar hech qanday e’tibor qaratilmaydi. Hali suyagi qotmagan bola dribling va fintlarni o‘zlashtirishi lozim. Jismoniy tayyorgarlikni sal ulg‘aygandan so‘ng maromiga yetkazib olish mumkin.

Bolalarga beriladigan mashqlar albatta  to‘p bilan amalga oshirilishi shart. Bunda mashg‘ulotlar xilma xil bo‘lishi va tarbiyalanuvchilarni o‘ziga qiziqtirishi shart. O‘yinlar vaqtida o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilar bilan alohida ish olib borish lozim. Har bir bolaga individual yondoshish shart. Xerald Frits o‘z ma’ruzasida nemis metodikasi bilan atroflicha tanishtirdi va har bir vaziyatga ilmiy jihatdan qanday yondoshish kerakligini ko‘rsatib berdi.

Seminarning ikkinchi kunida amaliy mashg‘ulotlar ham boshlab yuborildi. JFL in Tashkent tarbiyalanuvchilari bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot to‘liq nemis metodikasi asosida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, JFL in Tashkent futbol maktabiga 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qilish davom etmoqda.

Murojaat uchun telefonlar: +99895 1959890, 83712689438, +99890 9999890
Rasmiy sayt: www.jfl-tashkent.uz
Email: info@jfl-tashkent.uz

Manba: www.jfl-tashkent.uz
Kiritildi: 17:52, 09.11.2017.
O'qildi: 1860 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.