Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bebosh futbol qiroli – Diyego Maradonaning 7ta mojaroli harakati

Bebosh futbol qiroli – Diyego Maradonaning 7ta mojaroli harakati

Baho:
+ | -

Oktyabrning 30-kuni futbol olamining bosh yulduzlaridan biri Diyego Armando Maradona 57 yoshga to‘ldi.

«SE» nashri shu munosabat bilan buyuk argentinalikni g‘oyibona tabriklash barobarida uning 7ta yorqin mojaroli xatti-harakatini esga oldi.

Chunonchi, «futbol raqqosi» ta’rifini olgan Maradonani bu kabi janjalli voqealarsiz tasavvur qilish qiyin.

«Ilohiy qo‘l». Hozir ham Angliya terma jamoasining har qanday muxlisini xoh yarim kechada uyg‘otib, «uch sherlar» tarixidagi eng katta adolatsizlik haqida so‘rasangiz, u darhol JCH-86 yarim finali va Maradona tomonidan urilgan birinchi golni eslaydi.

Ehtimolki, ko‘pchilik o‘sha vaziyatni allaqachon unutib yuborardi, agarda Diyego Armando o‘yindan keyingi matbuot anjumanida «uzun» tilini «aylantirib», futbol lug‘atiga yangi ibora qo‘shmaganida. «Golni o‘z qo‘llarim emas, Yaratganniki bilan urdim», - deya g‘irromligini qisqacha izohlagan Maradona maydon tashqarisida ham barchani qoyil qoldirgandi.

«Ilohiy qo‘l» iborasi esa futbol ensiklopediyasidan joy oldi va haligacha angliyalik muxlislarni jazavaga soladi.

«Urganman, uryapman va uraveraman». Maradonaning gavdasi uncha katta bo‘lmasada, mushtlashishdan sira qaytmasdi. Futbol maydonida uning ishtirokida yuzaga kelgan eng mashhur «to‘qnashuv» 1984 yilning 5 may kuni yuz bergandi.

Diyego «Atletik» (Bilbao)ning shafqatsiz himoyachisi Andoni Goykoechea qo‘polligi natijasida orttirgan jiddiy jarohatdan endi qutulgan va «Barselona» Ispaniya kubogi finalida aynan basklar jamoasi bilan to‘qnash kelgandi.

Maradona harchand urinmasin, o‘yin vositasida qasd ololmaydi - kataloniyaliklar 0:1 hisobida yutqazib, billur sovrindan benasib qolishadi.

Xullas Diyego, final hushtagi yangraganidan so‘ng bosh rolga chiqadi - argentinalik shovvos  musht ko‘targancha «Atletik» vakillaridan biriga tashlanadi va o‘rtada ommaviy mushtlashuv boshlanib ketadi. Bo‘lajak dahoni bu qilig‘i uchun 3 oy muddatga diskvalifikasiya qilishgandi.

Qandaydir oq kukun. Agar keng tarqalgan gap-so‘zlarga ishonsak, Maradona naq 20 yildan ko‘proq vaqt (1983-2004) davomida kokain iste’mol qilgan. Oddiy aytganda, hujumchi «Barselona»dayoq oq kukunga «o‘tirgan», Neapolga ko‘chib o‘tganidan ke-yin esa unga shunchaki, qaram bo‘lib qolgan. Boz ustiga, argentinalik «doza»ni muntazam oshirib boravergan.

Aytishlaricha, u kokain qabul qilishda shaxsiy agenti Gilyermo Koppola bilan ulfatchilik qilgan ekan. Yana bir rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, Diyego hattoki, «Napoli»ning navbatdagi chempionligi munosabati bilan yaxtada uyushtirilgan sharaflash tantalari chog‘i ham giyohvand moddaga tobeligini unutmagan.

Ya’ni kokain ta’sirida o‘zgacha bayram qilgan. Xullas, 1991 yilning mart oyida o‘tkazilgan doping-test natijasida Maradona organizmida kokain izlari borligi aniqlanadi va uni 15 oy muddatga futboldan chetlashtirishadi.

Keyinroq hujumchini Italiya va Argentinada giyohvand moddalar saqlaganlikda ayblab, sudga chaqirishadi, biroq har ikki jinoiy ish yakuniga yetkazilmagandi.

«Avelanj uchun birov yig‘lamaydi». Afsonaviy argentinalik futbol rahbarlariga «yumshoq» munosabatini hech qachon yashirgan emas. Maradona ayniqsa, FIFAni yoqtirmasdi.

Xususan, JCH-90 finalidan ke-yingi taqdirlash marosimida bu borada chegaradan chiqib ketadi: Diyego hammaning oldida Joao Avelanjga qo‘l berishni istamagandi.

Tan olingan futbolchining fikricha, argentinaliklarning finalda nemislarni yengishlariga aynan FIFA prezidenti xalaqit bergan emish. U ke-yinchalik nafrat sochishda davom etib, jurnalistlar bilan suhbatda shunday degandi: «Blatter, Avelanj va boshqa rahbarlar hayotdan ko‘z yumishsa, Argentinada ular uchun hech kim ko‘z yoshi to‘kmaydi».

JCHda doping mojarosi. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:57, 11.11.2017.
O'qildi: 3846 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.