Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Rikardo Rodriges: «Tirik qolganimning o‘zi – mo‘’jiza»

Rikardo Rodriges: «Tirik qolganimning o‘zi – mo‘’jiza»

Baho:
+ | -

Yozgi transferlar bozorida katta loyiha asosida ish boshlagan «Milan» hozircha sarflangan millionlar samarasini ko‘rganicha yo‘q.

Xususan, «rossonerlar» libosini katta umidlar bilan kiygan himoyachisi Rikardo Rodrigesning ishlari ham uncha yurishmayapti.

Shunga qaramay, shveysariyalik futbolchi La Gazzetta dello Sport nashri xodimlarining intervyu haqidagi iltimoslarini yerda qoldirmadi.

- Rikardo, avvaliga boshqacharoq savol: senda Shveysariya, Ispaniya va chililikka xos qaysi jihatlarni ko‘rish mumkin?

- Hayotda aniqlikni xush ko‘raman. Bu - shveysariyaliklarga xos fazilat. Ispaniya va Chiliga yaqinligim esa musiqaga muhabbatimda o‘z aksini topgan: bachatu, salsu, reggeton...

- Milan shahri yoqdimi, taassurotlar qanday?

- Ajoyib shahar. «Volfsburg»da to‘p surganimda, ba’zan katta xaridlar uchun shu yerga kelardim. Endi Fyer tumani City Life mavzesida istiqomat qilyapman. Duomo bo‘ylab piyoda sayrga chiqish eng yaxshi xobbimga aylandi.

- Shaharning qaysi jihatlari ma’qul kelmadi?

- Yo‘llardagi tiqilinch. Germaniyada bunday tiqinlik yo‘q hisobi. Bu yerda yana  svetoforlar haddan ortiq ko‘p ekan.

- «San-Siro»ga bog‘liq eng yorqin xotirang...

- «Krayova»ga qarshi o‘yindagi debyutim. Umuman, har bir maydonga tushishim - yoqimli xotira. Chigalyozdi mashqlari payti yangraydigan musiqa - jonu dilim. Klub madhiyasi - «Milan, Milan»ni tinglaganda, butun badanim jimirlab ketadi.

- «Milan derbisi»ga munosabating qanday?

- Albatta, derbining zavqi o‘zgacha. Bolaligimda «Valensiya» va «Syurix»ga muxlislik qilardim. «Syurix» va «Grassxopper» o‘rtasidagi derbi o‘yinlari xotiramda o‘chmas iz qoldirgan: muxlislarga to‘la tribunalar, tutun tarqatuvchi pirotexnika vositalari... Otashin muhit kimga yoqmaydi?

- «Volfsburg»da Perishich bilan yonma-yon to‘p  surarding...

- Ivan - kuchli o‘yinchi. Undan ehtiyot bo‘lish kerak. Tezkor, aldab o‘tishga usta, ikki oyog‘i bilan kuchli zarba yo‘llaydi. Biz yaqin do‘stmiz, kechki taom payti tez-tez ko‘rishib turamiz.

- Uni qanday zararsizlantirish mumkin?

- Yolg‘iz qolishiga imkon bermaslik kerak. Bundan tashqari, omad u tomonda bo‘lmasligiga umid qilish lozim.

- Aslida sen ham «Inter»dan taklif olganing rostmi?

- Ha, yil boshida «Inter» vakillari agentim bilan aloqaga chiqishgandi. Biroq «Milan» ildamroq harakatlandi. Muhimi, hozir «rossonerlar» sharafini himoya qilayotganimdan mamnunman.

- «Milan»ning mavsum startidagi muammolari nima bilan bog‘liq? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:46, 12.11.2017.
O'qildi: 4976 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик