Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Alan Shirer ham Drinkuoterni keskin tanqid qildi

Alan Shirer ham Drinkuoterni keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

Angliya termasining sobiq hujumchisi Alan Shirer terma jamoa yig‘iniga borishdan bosh tortgan «Chelsi» yarim himoyachisi Deniyel Drinkuoterni tanqid ostiga oldi.

«Agar gap jahon chempionati final bosqichi haqida ketsa, mening nazarimda jarohatlar tezroq tuzala boshlaydi. Futbolchi kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani uchun chaqiruvga rad javobini berdi? Denni Drinkuoter, sen o‘zi nima haqida o‘ylading? Agar sizda yetarli o‘yin amaliyoti bo‘lmasa, unda o‘ynash imkoniyatidan foydalaning!

Men uni terma jamoa safida ko‘rishni xohlamagan bo‘lardim. Bunday munosabatdan keyin, uni keyinchalik ham terma jamoa yig‘iniga chaqirmaslik zarur. Men o‘ynagan paytim, ko‘plab futbolchilar zaxirada o‘tirish uchun ham barcha narsadan voz kechishga tayyor edilar.

Savol – futbolchilar haqiqatda terma jamoada o‘ynashni xohlaydilarmi? Yoki klublar muhimroq bo‘lib, xalqaro futbol maynavozchilik bo‘lib qoldimi? Milliy terma jamoadan chaqiruv olish sizga g‘urur bag‘ishlamog‘i va yangi saviyaga chiqish uchun turtki bermog‘i kerak, — deydi Shirer.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 08:33, 14.11.2017.
O'qildi: 2167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.