Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi «Metallurg» bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi «Metallurg» bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Mavsumning so‘nggi ikki turiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Metallurg” futbolchilari bugun poytaxtimizdagi JAR stadionida O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘yin soat 15:00 da boshlanadi. Mazkur uchrashuv futbolchilarimiz uchun ajoyib amaliyot vazifasini o‘tab beradi. Zero, raqiblardan farqli o‘laroq “Metallurg” FK oxirgi turni o‘tkazib yubordi.

Shu boisdan ham bu o‘yin futbolchilarning jismoniy, funksional hamda ruhiy holatini bilib olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu narsani aytib o‘tish kerak, O‘zbekiston U-23 termasi 2018 yilning yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati final raundiga tayyorgarlik ko‘rayapti. Qur’a natijasiga ko‘ra, Ravshan Haydarov jamoasi “A” guruhida Xitoy, Qatar hamda Ummon terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi uchun “Metallurg”ga qarshi nazorat o‘yini ham foydali bo‘lishi shubhasiz.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining bu galgi yig‘iniga 23 nafar futbolchi jalb etilgan. Ular quyidagi futbolchilardir:

Darvozabonlar: Dilshod Hamroyev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mash’al”);

Himoyachilar: Doston Tursunov (“Neftchi”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Doniyor Narzullayev (“Nasaf”), Avaz Mamatxo‘jayev (“Qo‘qon-1912”), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Jahongir Ahmadov (“Paxtakor”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Mirjamol Qosimov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloyev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), Islom Rashidxonov (“Nasaf”), Javohir Qahramonov (“Buxoro”);

Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboyev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:05, 14.11.2017.
O'qildi: 2932 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик