Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Robert Levandovskining biznes loyihalari

Robert Levandovskining biznes loyihalari

Baho:
+ | -

Polshalik hujumchining futbol bobidagi ishlariga havas bilan boqish mumkin. Bitta yorqin misol, u kuzda JCH-2018 saralashi to‘p-urarlari poygasida kimsan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Aniqroq aytsak, «Bavariya» vakili 10ta o‘yinda 16ta gol urib, Yevropa zonasi rekordini yangiladi. Ma’lum bo‘lishicha, polyak yigiti futboldagi yutuqlari bilan cheklanib qolayotgani yo‘q.

U oxirgi vaqtlarda faol sarmoyador rolida ham ko‘zga tashlanmoqda. Sport Connect hujumchining aynan biznes yo‘nalishidagi harakatlariga qiziqib ko‘rdi.

Marketing - kommunikasion agentlik

Robert shu yil iyun oyida Stor9  nomi ostida shaxsiy agentlik firmasini ochdi. Agentlik ayni payt uning imidj huquqlari bilan shug‘ullanmoqda. Lekin futbolchi yaqin kelajakda polshalik bir qator taniqli sportchilarni Stor9mijozlariga aylantirmoqchi.

Agentlikning vazifalari oddiy - OAV va homiylar bilan yaqindan hamkorlik qilish, mijozlar uchun barcha ijtimoiy tarmoqlarda qulay kenglik yaratish, reklama loyihalarini nazorat ostiga olish.

Tabiiyki, Stor9 avvalo, shaxsan Levandovski brendini xalqaro bozorda kuchaytirishga harakat qiladi. Chunonchi, Robert imidj masalasida Polshaning o‘zida allaqachon yuqori cho‘qqini zabt etgan: mamlakat aholisining deyarli 83 foizi futbolchini taniydi.

Deylik, Polsha terma jamoasi jahon chempionati-2018 yo‘llanmasini naqd qilgach, Levandovski «Feysbuk» orqali muxlislarni tabrikladi va bunga 200 ming munosabat bildirildi. «Instagram» tarmog‘ida esa uning sahifasiga naq 10,8 million kishi a’zodir.

Biroq bu jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri uchun chegara emas. «Levagol» ayni shu sabab o‘laroq, o‘z siymosi ustida alohida ishlamoqda. Bu borada hattoki, marketologlar va tashviqot ishlari ustalarining butun bir guruhini hamkorlikka jalb etgan.

Katta jamoa tuzish ishlari bilan Stor9 bosh direktori Anna Zelinska shug‘ullandi. Bu xonim Polshadagi yirik marketing agentligi - Isobar ofisida ishlagan vaqti mamlakatga Adidas loyihalarini olib kirgan, ya’ni yetarli tajriba sohibasidir.

Hozirgacha Zelinska tashabbusi bilan Levandovski ishtirokida qator reklama roliklari tayyorlandi va ular 4ta yirik brend - Gillette (soqol olish vositasi), Coca Cola Zero (ichimlik), Huawei (smartfonlar) va Head&Shoulders (shampun)ga taqdim etildi.

«Hamkorlarni tanlash chog‘i asosan 2ta jihatga e’tibor qarataman: mahsulot yoki xizmat turining sifati va aloqa ko‘lamiga. Xullas, ishonchsiz tuyulgan ishga aslo qo‘l urmaymiz. Shuningdek, shartnoma bahosi uchinchi masala hisoblanadi», - deydi Anna.

Diqqatga sazovor tomoni, salmoqli reklama paketiga Robertning turmush o‘rtog‘i - Anna obrazi ham tez-tez kiritilmoqda.

Ma’lumot uchun aytish joiz, u vaqtida karate bo‘yicha jahon chempioni maqomiga erishgan va hozir fitnes-murabbiy sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Anna shuningdek, sog‘lom turmush tarzi haqida bir necha kitob yozgan va Foods by Ann kompaniyasiga asos solgan. Ushbu brend ostida xavfli kimyoviy aralashmalarsiz va past darajadagi uglevodlar bilan to‘yintirilgan foydali oziq-ovqat mahsulotlari sotilmoqda.

Kutilishicha, istiqbolda Robert va Annaning baxtli oilasi bir necha katta reklama kampaniyalari bosh mavzusi bo‘ladi. Har holda, Anna Levandovski ayollar mehrini qozonishga ulgurgan, ijtimoiy tarmoqlarda uning auditoriyasi ancha keng.

Aniqroq aytsak, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:02, 15.11.2017.
O'qildi: 3994 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.