Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Serhimmat sportchilar sardori CR_7

Serhimmat sportchilar sardori CR_7

Baho:
+ | -

FIFA qatorasiga ikkinchi marta Krishtianu Ronalduni yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etdi.

Sermahsul o‘yinlari bilan taniqli futbolchi «Real» va Portugaliya terma jamoasining muvaffaqiyatlariga sezilarli ulush qo‘shmoqda. Shuningdek, jo‘shqin faoliyatidan ming-minglab insonlar bahramand bo‘lishmoqda.

Albatta, maydonda Ronaldu o‘ta xudbin futbolchi. Ammo maydon tashqarisida saxovatli inson. YECHLdagi g‘alabadan so‘ng u har bir jamoadoshiga bahosi 10 000 dollarlik BYL GARI soatlarini sovg‘a qildi, Yevro-2016 yakunida Naniga o‘zining «kumush butsa»sini tuhfa etdi, agent Mendesh esa mijozining himmati evaziga xususiy orol sohibiga aylandi.

Bularning barchasi - Krishtianuning o‘z yaqinlariga ko‘rsatgan muravvati. Har yili Ronaldu­ xayriya tadbirlaridan millionlab mablag‘larni ayamaydi. Futbolchining singlisi Katya tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan 370 kishiga ko‘rsatilgan tibbiy muolaja Ronaldu hisobidan amalga oshirildi.

Tabiiy ofat hujumchining ona shahri - Madeyrada 50dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgandi. Portugaliya­lik yulduz UNICEF, Save the Children, Qizil Xoch va boshqa bir qator yirik tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikda, uning tashrifi yuzlab bemor bolakaylar uchun eng quvonchli bayramga aylanmoqda.

2004 yili Ronaldu Indoneziya­dagi kuchli zilzila va sunami oqibatida vayronaga aylangan Achex viloyatini qayta tiklash uchun mablag‘ jamg‘arishda jonbozlik ko‘rsatdi. O‘shanda mo‘’jiza tufayli omon qolgan 6 yoshli Martunesni o‘z otalig‘iga oldi. Ruy Koshta futbolkasidagi bolakayni uch haftadan keyin vayronalar orasidan topib olishgandi.

Krishtianu uning oilasiga 40 000 yevro ehson qilib, bolakayning orzusini amalga oshirdi - ikki yil avval Lissabonning «Sporting»i Martunesni yoshlar jamoasiga qabul qildi, Ronaldu 16 yoshli kasbdoshiga uy sovg‘a qildi. Funshal shahrining tibbiyot muassasalari ham futbolchi saxovatidan bahramand bo‘lishdi.

2007 yili Krishtianuning onasi ko‘krak saratoni tufayli shu shaharda jarrohlik muolajasini olgandi. Portugaliyadagi saratonga qarshi kurashish jamiyati doimiy ravishda yordam berib kelayotgan Ronalduga bir necha marta minnatdorchilik e’lon qildi. Saxovatpesha yulduz ko‘makka muhtoj alohida shaxslarni ham qo‘lidan kelganicha qo‘llab kelmoqda.

2012 yili u umurtqa saratoni bilan og‘rigan 9 yoshli bolakayning murakkab operasiyasi uchun kattagina mablag‘ ajratdi. 2014 yil esa hujumchining chakkasida chandiqli fotosurati butun dunyoga yoyildi: aynan shunday jarohat izi 10 oylik chaqaloq - Erik Ortis Krusning miyasida o‘tkazilgan murakkab operasiyadan xotira bo‘lib qolgandi.

Uning ota-onasi Ronaldudan auksion uchun tayyorlangan futbolkaga imzo chekib berishini iltimos qilishdi. Futbolchi esa DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:58, 16.11.2017.
O'qildi: 5592 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.