Italiya Futbol Federasiyasi prezidenti Karlo Tavekkio terma jamoaning JCH-2018ga chiqa olmaganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etishini tasdiqladi.
“Men ketaman, chunki omadsizlik sababchilaridan biri men bo‘laman. Barcha italiyaliklardan kechirim so‘rayman. Italiya futbolida yangi davr yaratish vaqti keldi”, - deydi Tavekkio.
Hozircha, Tavekkioning o‘rnini kim egallashi noma’lum bo‘lib qolmoqda.