Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich YECHL 5-turi doirasidagi «Bazel»ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi.
Shunday qilib, shvesiyalik futbolchi 7ta klub safida Chempionlar ligasida ishtirok etgan birinchi futbolchiga aylanib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan oldinroq «Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan» va «PSJ» tarkibida mazkur turnirda qatnashgan.
Ma’lumot uchun, mankunianliklar «Bazel» mehmoni bo‘lgan uchrashuvda 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.