Kirish Ro'yxatdan o'tish

UYEFA Karvaxaldan shubhalanmoqda

UYEFA Karvaxaldan shubhalanmoqda

Baho:
+ | -

UYEFA «Real» klubi himoyachisi Daniyel Karvaxalning Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida Kiprning APOEL klubiga qarshi kechgan uchrashuvda atayin sariq kartochka olgan deb intizomiy ish ochdi.

Qozonilgan g‘alaba ispan jamoasiga pley-off eshiklarini ochib berdi.

Karvaxal o‘yinning 90-daqiqasida vaqtni cho‘zganligi uchun sariq kartochka ishlab oldi va bu ogohlantirish uning uchun Chempionlar Ligasidagi ushbu mavsumda uchinchisi bo‘ldi.

Bu shuni ko‘rsatadiki, himoyachi «Borussiya»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi, ammo pley-offda maydonga qayta oladi.

Ushbu ish 7 dekabr sanasida ko‘rib chiqiladi, deya xabar qilinmoqda UYEFAning rasmiy saytida.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 16:47, 23.11.2017.
O'qildi: 4400 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.