Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Real» katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

La liga. «Real» katta qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida "Real" o‘z maydonida jadvalda 18-o‘rinda borayotgan "Malaga"ni qabul qildi va juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. 9-daqiqada Marselo chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Ronaldu olis ustun tomonda bosh bilan zarba berdi. To‘singa tegib yerga tushgan to‘pni Benzema bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 9 daqiqa o‘tib malagaliklar hisobni tenglashtirishdi. Ramossiz harakat qilayotgan "Madrid"ning markaziy himoyasida bo‘shliq yuzaga keldi va bundan Diyego Rolan unumli foydalandi. "Real" hisobda oldinga chiqib olishi uchun 3 daqiqa yetarli bo‘ldi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kazemiro bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Malaga" raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo hujumchi bosh bilan zarba berayotgan paytda qo‘lini Varanning yelkasiga qo‘ygani bois, hakam golni inobatga olmadi. Shunga qaramay, mehmonlar uchrashuvning 58-daqiqasida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Chori Kastro 23 metrlardan bergan kuchli zarbani Kiko Kasilya qaytara olmadi — 2:2.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Ronaldu jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi, ammo u juda yaqin masofadan darvozaga zarba bera olmadi. Bahsning 75-daqiqasida zaxiradan tushganiga ko‘p bo‘lmagan Luka Modrich penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Krishtianu Ronalduning 11 metrli jarima nuqtasidan yo‘llagan zarbasini "Malaga" posboni qaytardi, ammo portugaliyalik futbolchi qaytgan to‘pni darvozaga joylashga muvaffaq bo‘ldi.

"Real" mana shu gol tufayli muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 27taga yetkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
Real Madrid – Malaga 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 9 Benzema, 1:1 – 18 Rolan, 2:1 – 21 Kazemiro, 2:2 – 58 Chori Kastro, 3:2 – 76 Ronaldu.
Noaniq penalti: Ronaldu (75, darvozabon)
Real Madrid – Kasilya, Varan, Marselo, Karvaxal, Valyexo, Vaskes, Kazemiro, Kroos (Teo, 81), Isko (Modrich, 62), Benzema (Mayoral, 89), Ronaldu.
Malaga – Roberto, Diyego Gonsales, Xuankar (Bess, 36), Rosales, Ernandes, Keko (Anyor, 66), Gonsales, Resio, Chori Kastro, Penyaranda (Baston, 61), Rolan.
Ogohlantirishlar: Penyaranda (29), Gonsales (43), Marselo (45).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:12, 25.11.2017.
O'qildi: 10077 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.