Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi bugun Bundesliganing 13-turida “Bavariya”ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Gap shundaki, Yupp Xaynkes “Bavariya”ga qaytganidan so‘ng jamoa ilk marta mag‘lubiyatga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” bugunga qadar 72 yoshli murabbiy qo‘l ostida 9 uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongandi. To‘plar nisbati 22:4.