Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Marko Trabukki: «Buffonga rahmat»

Marko Trabukki: «Buffonga rahmat»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Italiya terma jamoasi JCH-2018ning o‘tish bahslarida Shvesiyaga qarshi kurash olib bordi. Dastlabki uchrashuvda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan italyanlar javob bahsida 0:0 hisobini qayd etishdi.

Natijada, mundial yo‘llanmasi shvedlarga nasib qildi. Uchrashuvdan so‘ng «SE» nashri italiyalik taniqli futbol agenti Marko Trabukkining fikrlari bilan qiziqdi.

- Shokdamisiz?

- Bunday demagan bo‘lardim. Chunki, ikki yil oldin tashlangan qur’adan so‘ng Italiyaning o‘tish o‘yinlarida ishtirok etishini aytganman.

Bir tarafdan, «Skuadra adzurra»ga eng kuchli raqib - shvedlar to‘g‘ri keldi. Boshqa tarafdan, bu oxirgi yillardagi eng kuchsiz Shvesiya. Bunda hech kimni oqlab bo‘lmaydi. Shunchaki, sharmandalik.

- Muvaffaqiyatsizlikning sabablari nimada?

- Futbolchilarimizning darajasi tushib ketayotgani haqida ko‘pdan buyon gapiraman. 2006 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan yulduzlar faoliyatlarini yakunlashdi. Yangi avlod vakillari esa ancha kuchsiz. Ko‘pchilik afsonaviy Verratti haqida gapiradi.

Lekin terma jamoada Buffon, De Rossi, Kyellini kabi men bilan tengqur futbolchilarning o‘ynashi ko‘p narsani ko‘rsatib turibdi. Sabablari bisyor va federasiya bu borada ish olib boradi, deb o‘ylayman.

Umid qilamanki, Italiyada ham bir paytlari muvaffaqiyatsizliklarga yuz tutgan Fransiya, Belgiya, Shveysariya va Germaniyadagi kabi ishlar yo‘lga qo‘yiladi. Hammasi boshidan boshlanadi. Murabbiyni tanqid qilish eng oson yo‘l.

- Yana kim aybdor?

- Italiyada «Baliq boshidan sasiydi», degan naql bor. Shunday ekan, bunda asosiy aybdor federasiya prezidenti. Umid qilamanki, tez orada u haqiqiy erkaklardek ish tutib, iste’foga chiqadi.

- Aytishlaricha, oldinlari Italiyada himoyaga yordam beradigan «o‘nlik» bo‘lgan ekan. Hozir shunday pozisiya yo‘q. Bu muammomi?

- Ha. Lekin Arrigo Sakki davridan keyin «o‘nlik»siz o‘ynash urfga kirdi. Italiya 2006 yilgi mundialda Totti va Del Pyero tufayli chempion bo‘lgan, deya olmayman. Muammo umumiy saviya tushib ketganida.

Yaxshi himoyalanadigan, ajoyib ijodkor futbolchi va hujumchilar yo‘q. Shunchaki, o‘rtahol tarkib. Agar jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimizda ham oldingi ikki turnirdagi kabi holatga tushardik.

O‘shanda guruhdan chiqolmaganimizni unutmaslik kerak. Bir so‘z bilan aytganda, Rossiyada yuqori saviyali o‘yin namoyish qilolmasdik.

- Terma jamoa bosh murabbiyi Jampyero Ventura haqida qanday fikrdasiz?

- O‘yindan keyinoq uni haqoratlar bilan kuzatib qo‘yishdi. O‘ylashimcha, bu insonning faoliyati dushanba oqshomidan so‘ng yakunlandi.

- Ventura qanchalik kuchsiz?

- U yomon mutaxassis emas. Lekin har kuni klubda ishlaydiganlar toifasidan. Uning shogirdlari hamisha muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol namoyish qilishgan.

Biroq termaga tayinlanishi federasiya prezidentining xatosidir. Milliy jamoaga Anchelotti, Kapello, Manchini singari insonlar kerak.

- Lekin bir yarim yil oldin Italiya Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

- Mazkur natija Antonio Konte sababli qo‘lga kiritildi. Jamoa tarkibi Fransiya, Portugaliya yoki Germaniya darajasida emasdi. O‘shanda Konteni olib qolish kerak edi. Umid qilamanki, Shvesiyaga qarshi bahsdan so‘ng Italiya futboli yangi sahifasini ochadi.

Buffonga rahmat aytaman. Lekin terma jamoaning ikkita mundialdagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng uning faoliyatini yakunlashi maqsadga muvofiq edi.

Bu mening fikrim. Biroq sportchilarning 40 yoshda ham o‘zlarini namo-yish eta olishlari menga yoqadi. Buffonga yana bir bor tashakkur! Nihoyat, u, De Rossi va Barsali bilan xayrlashdik.

- Sizningcha, Buffonning o‘rnini bosa oladigan darvozabon bormi?

- Ha, Donnarumma. Endilikda terma jamoa sharafini yosh posbon himoya qiladi.

H.MASAIDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:07, 26.11.2017.
O'qildi: 5394 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.