Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Mesut O‘zilning olmoncha idrok va turkcha muhabbati

Mesut O‘zilning olmoncha idrok va turkcha muhabbati

Baho:
+1 | -

Germaniya termasi va Angliyaning «Arsenal» klubi vakili, kelib chiqishi turk bo‘lgan Mesut Ozilning nemislar bosh jamoasidan mustahkam o‘rin olishi haqidagi xotiralari ko‘pchilikni qiziqtirishi turgan gap.

Quyida mahoratli futbolchi boshidan o‘tgan kechinamalarini o‘zi so‘zlab beradi.

- Germaniyada tug‘ilganman, ammo Turkiya fuqarosi edim. O‘sha paytlarda ikki mamlakat fuqaroligi bo‘lmagan. Albatta, bolaligimda men uchun chegaralar mavjud emasdi.

Qaysi bola pasportiga qarab, fuqaroligi to‘g‘risida bahslashadi, axir? Unga immigrasiya siyosatining qizig‘i bormi, u bo‘sh vaqtini fuqarolik to‘g‘risidagi qonunni mutolaa qilish bilan o‘tkazadimi? Tabiiyki, yo‘q.

Voyaga yetgach, meni ajoyib faoliyat kutayotgani ma’lum bo‘ldi va bu masalaga oydinlik kiritishga to‘g‘ri keldi. O‘z-o‘zimdan so‘rashim kerak edi: aslida kimman? Nemismi yoki turk?

Qachonlardir imkon tug‘ilsa, qaysi mamlakat sharafini himoya qilaman? Germaniyami yoki Turkiya? Bu kabi savollarga sanoqli daqiqalarda javob topish osonmas.

Axir biz mayda-chuyda narsa haqida gaplashmayapmiz-ku. Aynan o‘shanda qabul qilgan qarorim butun faoliyatimga ta’sir o‘tkazdi.

Odatdagiday, mazkur masalani oilamiz davrasida muhokama qildik, turli qarashlarni eshitdik. Har kim o‘z fikrini ochiq-oydin bayon etdi va buning uchun ulardan minnatdorman.

To‘g‘ri, ba’zida hatto oila a’zolaring berayotgan maslahatlar ham ob’ektiv darajada bo‘lmaydi. Agar o‘g‘il Germaniyaning nariga burchagiga bormoqligini aytsa, ona bunga qarshilik bildiradi - zero, u farzandi doim yonida bo‘lishini istaydi. Buni to‘g‘ri tushunaman.

Onam Gulizar Turkiya uchun o‘ynashimni xohlagandi. «Yodingda tut, ildizlaring o‘sha yerda, - degandi u. - Buvilaring va bobolaring turklar yurtidan kelishgan. O‘rningda bo‘lganimda, Turkiyani tanlardim».

Tog‘am Erdog‘an ham shu fikrda edi, uning so‘zlarini ham diqqat bilan tingladim. 17 yoshga to‘lgunimga qadar Zonguldakka ikki marta borgan va o‘zimni yaxshi his qilgan bo‘lsam-da, u yerni uyim deb bilmagandim. Dengiz bo‘yida chuqur nafas olganimda ham vatanga qaytish hissini tuymaganman.

Otam esa onam va tog‘amning fikrlariga qo‘shilmadi: «Mesut Germaniyada tug‘ildi. Shu yerda maktabga bordi. Nemis klublarida futbol sabog‘ini oldi. Shuning uchun u Germaniya termasida o‘ynashi kerak».

Ukam Mutlu bu masalada o‘z mulohazalarini bildirganda esa kulgim qistadi: «Mesut Germaniya uchun o‘ynashi shart, - dedi u. - Siz Turkiya termasining eng yaxshi ishtirokini bilasizmi? 2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiyada o‘tkazilgan mundialda 3-o‘rin.

Germaniya esa 1954, 1974 va 1990 yillarda jahon kubogini yutgan». Oilaviy yig‘in so‘ngida singlim Nese ham men bilan gaplashgani kelib, chiroyli jilmaygancha dedi: «Menga turklar jamoasi kiyadigan liboslar yoqadi».

Shu tariqa, DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:07, 26.11.2017.
O'qildi: 10324 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик