Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Turma»dan topilgan to‘purar

«Turma»dan topilgan to‘purar

Baho:
+ | -

Gabriel Jezus APLni osonlik bilan zabt etdi. Biroq «Manchseter Siti»ga ko‘chib o‘tguniga qadar jiddiy mashaqqatlarni yengishiga to‘g‘ri keldi.

«MYU»ga taklif etilgan Kleberson yodingizdami? O‘z vaqtida bu jahon chempionidan sermahsul Xuan Sebastyan Veronning o‘rnini to‘ldirish talab etilgandi. «Arsenal»da kutilgan saviyani ko‘rsata olmagan Eduni-chi?

Bular - APLda ishonchni oqlay olmagan braziliyaliklar. Filippe Koutinyo, Villian, Fernandinyo, David Luiz, Roberto Firmino va Robinyo tumanli o‘lkada munosib to‘p sura oldilar.

Lekin ular Angliyaga kelishdan avval Yevropaning boshqa chempionatlarida tajriba to‘plagandilar.

Gabriel esa Braziliyadan to‘ppa-to‘g‘ri APLga yo‘l oldi. Lekin ushbu chempionatda o‘z o‘rnini topish borasida Kleberson bilan Jezus o‘rtasida farq bor.

Kleberson to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy tarkibga qabul qilingan bo‘lsa, Gabriel «shaharliklar»ning zaxira o‘rindig‘idan asta-sekin yetakchi hujumchilar safiga o‘tdi.

- Jezus Angliyaga kelguniga qadar biz bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar edik.

U APL jamoalariga saviyali futbolchilarni Braziliyaning o‘zidan xarid qilish mumkinligini ko‘rsatib berdi, - deydi «Uotford» sharafini himoya qilayotgan Risharlisonning agenti Renato Velasko.

Yosh yarim himoyachi ham o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani talab darajasida uddalamoqda. Jezusning sayohati uni yanada yuqoriroq saviyaga olib chiqqan bo‘lsada, debyuti anchayin murakkab vaziyatga to‘g‘ri keldi.

***

Gabriel bolalik paytidayoq futbolga mehr qo‘yib, jonajon Jardim Peri tumanida to‘p sura boshlagan-di. Lekin dastlabki bellashuvlarini San-Pauludagi harbiylar turmasi hududida o‘tkazishga majbur bo‘lgandi.

Aynan shu yerda qandaydir musobaqani tashkillash uchun yaroqli yagona stadion mavjud edi. Ammo uning maydoni doimo loy va changga botgan, mahalliy yarim professional jamoaning yoshlari shug‘ullanadigan joy hisoblanardi.

Keyin Jezus mukammallik sari navbatdagi bosqichni bosib o‘tdi. Anxanxuera alohida ijtimoiy loyiha bo‘lib, u ham San-Paulu shimolida joylashgan, 13-16 yoshli bolakaylar uchun Varzea (havaskor futbolchilar o‘rtasidagi Braziliya 1-ligasi) chempionati o‘tkaziladigan makon edi.

Bu yerda o‘z tirishqoqligi va mahoratini ko‘rsata olgan o‘smirlar turmaning iflos stadionini tark etish imkoniyatiga ega bo‘lishardi.

- Anxanxuera - 1928 yilda tashkil topgan va o‘ziga yarasha an’analariga ega o‘quv maskani. U men va otamning sarmoyalari ko‘magida faoliyat olib boradi. Biz maktabni kerakli jihozlar, agentlik tarmog‘i va sport uskunalari bilan bepul ta’minlaymiz.

Iqtidorli bolakaylarni topish uchun maktablar va matbuot do‘konlariga e’lon berganmiz, - deydi direktor Fabio Karan. - Albatta, tarbiyalanuvchilarning barchasi professional darajaga chiqa olmasliklarini yaxshi bilsakda, ularning mashq qilishlariga imkon berdik.

Aks holda, DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 00:33, 27.11.2017.
O'qildi: 12828 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.