Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Oliy liga so‘nggi turining to‘liq sharh, statistika va turli ko‘rsatkichlari

Oliy liga so‘nggi turining to‘liq sharh, statistika va turli ko‘rsatkichlari

Baho:
+ | -

Maktablar doirasidagi turli musobaqalar yakunida taqdirlash marosimiga navbat beriladi. Unda barcha ishtirokchilar saf tortishadi va g‘oliblar o‘zlariga atalgan sovrinlarni olishadi.

Tarix sahifalariga ko‘chgan oliy liga-2017ning so‘nggi turi xuddi o‘sha tadbirlarni eslatib yubordi.

Zero, g‘olib jamoa va sovrindorlar ham, shuningdek, autsayderlar guruhi ham avvalgi hafta - 29-tur yakunida ma’lum bo‘lib ulgurgandi.

Shu tariqa yakuniy tur deyarli rasmiyatchilik uchun o‘tkazildi. Natijada «Lokomotiv»ning chempionlik taqdimoti o‘z-o‘zidan haftaning eng muhim voqeligiga aylandi.

CHEMPIONNI QUTLAYMIZ

Yil boshida ko‘pchilik oliy liga-2017 taqvimiga qarab, so‘nggi turdan o‘rin olgan «Lokomotiv» - «Bunyodkor» o‘yini chempionlik masalasini hal qilishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Ammo voqealar kutilgan darajada rivojlanmadi - asosiy o‘yin sifatida qaralgan bahsda «Lokomotiv» shunchaki, chempionlik taqdimotini o‘tkazdi. Tabiiyki, bu holat o‘yin sifatiga ham ta’sir qildi, albatta.

Ha, «temiryo‘lchilar» yaxshi kayfiyat o‘laroq, butun vaqt davomida ustunlikka erishishdi va yakunda 3:2 ko‘rinishida g‘alaba qozonishdi. Gollarga boy o‘yin - oltin medalni «yuvish» uchun bundan yaxshisi bormi?

Biroq oliy liganing so‘nggi turi boshqa sovrindorlar uchun u qadar mazmunli kelmadi. «Bronza» egasi «Paxtakor» finish marrasida «Obod» bilan o‘ynashi lozim edi va unga texnik g‘alaba yozildi.

Boshqacha aytsak, «sherlar» uchun hammasi avvalgi turda «Nasaf»ga qarshi kechgan o‘yin bilan tugagandi - keng ma’noda. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi esa 2-o‘rin masalasini hal qilgani uchunmi, Namanganga xotirjam yo‘l olib, mavsumni mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Bu uchrashuvning eng ahamiyatli jihati - stadionda anshlag kuzatilgani. Muhimi, «Navbahor» mahalliy futbolsevarlar faolligiga munosib javob berdi. Ya’ni 83-daqiqada Darko Stanoyevich tomonidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

Ha-ya, Ilhom Mo‘minjonov jamoasi shu natija bilan turnir jadvalida 5-o‘rinni saqlab qoldi. Namanganliklar anchadan buyon bu qadar yuqorilashmagandi. Demak, «Navbahor»ni qutlash uchun asos yo‘q emas.

QAY BIRI MAVSUM KASHFIYOTI?

Yakunlangan mavsum davomida ko‘plab jamoalar yil kashfiyoti maqomini olishga da’vo qilgani hammaga ma’lum.

Deylik, chempionatning start qismida «Dinamo» qator g‘alabalari bilan hayron qoldirdi, «Qo‘qon-1912» esa hattoki, birinchi davrani peshqadamlar qatorida yakunladi.

Keyinchalik «Buxoro» kuchli uchlikka kirib oldi. Biroq ulardan hech biriga finishga qadar barqaror o‘ynash nasib etmadi va ikkisi yakunda o‘rtamiyonalar qatoriga joylashgan bo‘lsa, biri autsayderlar guruhiga qo‘shildi.

Xususan, «Buxoro» 30-turda «So‘g‘diyona»ni qabul qilib, o‘z hisobini 3 ochko bilan boyitganiga qaramay, yakuniy jadvalda 6-o‘rinda qoldi.

«Qo‘qon-1912» futbolchilari esa o‘z maydonlarida «Olmaliq»qa qarshi kechgan bahsda ham muxlislarini quvontirish uddasidan chiqishgani yo‘q.

Garchi «Paxtakor»dan taklif etilgan Andrey Sidorov uzoq kutilgan golini urgan bo‘lsada, «Olmaliq» 2:1 hisobida ustun keldi.

Shuningdek, so‘nggi tur «Dinamo» uchun ham omadsiz keldi. Samarqandliklar Muborakda «Mash’al» mehmoni bo‘lib, ortga 0:1 ko‘rinishidagi mag‘lubiyat bilan qaytishdi.

QUYI KO‘RINISH

Oliy liga uchun yozilmagan bir qoida bor edi - odatda so‘nggi turlarda chempionlik masalasidan ko‘ra, autsayderlar o‘rtasidagi kurash ko‘proq ahamiyat kasb etardi. Ammo bu yil vaziyat mutlaqo o‘zgarib ketdi.

Kelasi mavsumdan elitada 12ta klub o‘ynashi haqida chiqarilgan qaror quyi bo‘g‘inga xos doimiy «intriga»ni buzib yubordi. Agar avvalgi tizim amalda bo‘lganidami, 30-turdan o‘rin olgan «Metallurg» - «Neftchi» va «Sho‘rtan» - «Qizilqum» o‘yinlari hammaning diqqat markazida turardi.

Chunonchi, «Neftchi» va «Sho‘rtan» o‘rtasida 14-o‘rin uchun chinakam kurash kechishi ancha oldin oydinlashgandi. Yangi format e’lon qilingach, bu raqobat o‘z ahamiyatini butkul yo‘qotdi. Xullas, «Sho‘rtan» finish marrasida 1:1 hisobiga ko‘nib qo‘ya qoldi.

«Neftchi» esa safarda «Metallurg»ga jiddiy jang taklif qilgani yo‘q va ortga 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Natijada g‘uzorliklar mavsumga 14-o‘rinda xotima yasashdi, Vadim Abramov jamoasi esa yana 15-pog‘onaga tushdi.

Biroq bunday yakun endi hech narsani anglatmaydi, hisob. Har holda, sport prinsiplariga asoslanib gapirsak, 11-o‘rindan quyiga joylashgan barcha jamoalar kelasi mavsumni pastki tabaqa - Pro-ligada boshlashi lozim.

To‘g‘ri, hali hammasi aniq-ravshan emas. O‘zgarishlar tezligi shu qadar balandki, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Vaqt o‘taversinchi, ko‘rarmiz...

TUR QAHRAMONI - «LOKOMOTIV»

Aslida «Lokomotiv»ni tur emas, mavsum qahramoni sifatida ta’riflash kerak. Harqalay, «temiryo‘lchilar» asosiy masalani oldinroq bir yoqli qilib, so‘nggi turga ish qoldirmagandilar.

«Toshkent derbisi»da qozonilgan g‘alaba esa shunchaki, mavsumning mantiqiy yakuni bo‘ldi. Tan olaylik, «Lokomotiv» raqiblaridan farqli o‘laroq, butun chempionat masofasini barqaror bosib o‘tdi va haqli ravishda ketma-ket ikkinchi marta oltin medalga ega chiqdi.

Shunga asoslanib, chempion jamoani ramziy ma’noda so‘nggi tur qahramoni maqomi bilan siyladik.

TUR IQTIBOSLARI

- «Navbahor» vakillari standart vaziyatlardan yaxshi foydalanishlarini futbolchilarga alohida uqtirgan edik. Biroq ayni shunday holatdan gol qo‘yib yubordik. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf» bosh murabbiyi).

- 11 futbolchi bilan butun mavsum sifatli o‘ynashning iloji yo‘q. No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi).

- Agarda Marat Bikmayev harakatlaridan rolik tayyorlansa, ishoning, unga «Real» ham qiziqib qoladi. Mirko Yelichich («Lokomotiv» murabbiyi).

- Bugun futbolchilar zimmasiga jarohatlanmaslik vazifasini yuklagan edim. Kubok finali esa yil o‘yiniga aylanadi. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor» bosh murabbiyi).

«SHO‘RTAN» - «QIZILQUM» -  1:1 (0:1)

25 noyabr. G‘uzor. 999 tomoshabin.

Hakamlar: A.Risqullayev (Toshkent); A.Qo‘ldoshev (Buxoro); B.Qodirov (Buxoro);  D.Karimov (Toshkent).

Gollar: O.Narzullayev (90+2) - S.SHodmonov (16).

«Sho‘rtan»: 25. A.Turopov, 4. J.Otaqulov (17. G‘.Rahmonov, 46), 5. H.Ergashev, 15. O.Jo‘raboyev, 18. E.Boymatov, 30. J.Xolto‘rayev (55. D.Xushbakov, 77), 38. S.Mamadaliyev, 76. A.Omonov (7. O.Karimov, 52),  77. O.Narzullayev, 85. R.Melzitdinov, 92. YE.Kochnev.

«Qizilqum»: 55. E.Jabborov, 3. SH.Po‘latov, 32. M.Qosimov, 7. B.Mirzamurodov (99. A.YUsupov, 46), 8. A.Rustamov, 9. O.Zokirov, 14. F.Qambarov, 18. S.SHodmonov, 23. SH.Jo‘rayev, 27. I.YUnusov, 92. A.Bahriddinov (71. M.Faxriyev, 62; 20. G‘.Jumayev, 85).

Ogohlantirish: B.Mirzamurodov (38, Q.).

Eng yaxshi futbolchilar: E.Boymatov - S.SHodmonov.

Nazoratchi: S.Najafaliyev (Toshkent).

Komissar: SH.Rajabov.

Hamidjon Aktamov («Qizilqum» bosh murabbiyi): - O‘yin ikki jamoa uchun ahamiyatli sanalmasada, sport prinsiplariga amal qilgan holda, harakatlandik. Ya’ni maydonda jangovar kurash bordi.

Yigitlar g‘alabaga ishonib qolishdimi, oxirida biroz sustkashlikka yo‘l qo‘yishdi. Bugun yetarli o‘yin amaliyotiga ega yigitlar qatori bir qator yoshlarga ham imkon berdik.

Deylik, mavsumning ilk o‘yinida jarohatlangan Alisher Yusupov yaqindagina safga qaytdi. Albatta, «Sho‘rtan»ning so‘nggi pog‘onalarga tushib qolgani afsuslanarli. Zero, bu jamoadagi sharoitlar havas qiladigan darajada - baza, stadion...

Bu yilgi mavsum? Ochig‘i, juda ko‘p - 10ta o‘yinda durangga rozi bo‘ldik, aksariyat uchrashuvlarda omadimiz chopmadi. Agar shu o‘yinlarning loaqal 5tasida g‘alaba qozonganimizda edi, hozir boshqa pog‘onada turardik...

----------------------------------------------------------------------

«MASH’AL» - «DINAMO» - 1:0 (1:0)

25 noyabr. Muborak. 1327 tomoshabin.

Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy); O.Jumayev (Navoiy); R.Samandarov (Navoiy); I.Ibragimov (Nukus).

Gol: Z.To‘rayev (33).

«Mash’al»: 35. J.Ilyosov, 2. I.SHayqulov, 5. SH.Qilichev, 10. H.Murtazoyev, 18. A.SHodmonov, 19. Z.Qo‘ziboyev, 22. B.Qosimov (44. A.Begimqulov, 75), 27. N.Pavlenko, 55. A.Agaliyev, 77. A.Olimov, 90. Z.To‘rayev (9. J.Ubaydullayev, 69).

«Dinamo»: 1. M.Naumov, 2. M.Lokayev, 4. H.Alamxonov, 6. A.Bozorov (41. J.Qurbonov, 78), 8. J.Azimov, 15. SH.Xolmatov, 19. O.Mamajonov (9. S.Sulaymonov, 61), 20. A.Safarov, 21. I.Xolmirzayev, 50. F.Tojiyev (11. A.Abdullayev, 61), 90. D.Ismoilov.

Ogohlantirishlar: A.SHodmonov (63) - A.Safarov (84), J.Azimov (89), F.Tojiyev (90+1).

Eng yaxshi futbolchilar: A.SHodmonov - M.Naumov.

Nazoratchi: I.SHaripov (Buxoro).

Komissar: V.SHtern.

Oleg Tyulkin («Dinamo» bosh murabbiyi): - Nima derdim, ochiq futbol ko‘rdik. «Mash’al» o‘z maydonida raqiblarga osongina ochko ulashmaydi. Misol uchun, bu yil peshqadamlar ham Muborakda mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rishdi.

Demak, «Mash’al»ni munosib g‘alaba bilan tabriklayman. Mezbonlar bugun 3 ochkoga haqli o‘yin namoyish etishdi. Ha, bizda ham bitta imkoniyat tug‘ildi, ammo undan foydalanolmadik.

Aleksandr Xomyakov («Mash’al» bosh murabbiyi): - O‘z maydonimiz va mavsumdagi oxirgi o‘yinda g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi. Shubhasiz, yutuqni muxlislarga bag‘ishlaymiz.

Shogirdlarimga rahmat, ular qiyin kechgan mavsum davomida munosib o‘ynashdi. Har bir uchrashuv natijasi uchun avvalo, murabbiy javob beradi, albatta. Natijamizdan qoniqishlari to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni anglatadi. Barchaga g‘alaba muborak bo‘lsin.

------------------------------------------------------------------------

«METALLURG» - «NEFTCHI» - 1:0 (0:0)

25 noyabr. Bekobod. 878 tomoshabin.

Hakamlar: V.Seytlin (Toshkent); R.SHoyaxtemov (Toshkent); A.Kalinin (Qarshi); R.Lutfulin (Toshkent).

Gol: Z.Abdullayev (59).

«Metallurg»: 1. Z.Safoyev, 2. A.Husinov, 4. H.Hoshimov, 8. A.No‘’monov, 11. M.Toshmatov, 13. S.Qodirqulov, 15. Z.Abdullayev, 16. S.Allayev, 19. A.Ziyovuddinov (6. D.Karimov, 46), 22. I.Isoqjonov (17. M.Sulaymonov, 81), 70. J.Abdumo‘minov.

«Neftchi»: 16. A.Abdujalilov, 4. K.Kapadze (60. O.Isroilov, 60), 9. SH.Hakimov (10. M.Mamazulunov, 73), 17. M.Muzaffarov, 19. J.Hasanov (70. M.Saidov, 64), 20. D.Ermatov, 21. M.Ubaydullayev, 23. A.Abdulhaqov, 44. A.Ismoilov, 94. B.Yo‘ldoshev, 95. A.O‘lmasaliyev.

Ogohlantirishlar: J.Abdumo‘minov (17), I.Isoqjonov (29), Z.Safoyev (83) - A.Abdulhakov (17).

Eng yaxshi futbolchilar: Z.Abdullayev - D.Ermatov. 

Nazoratchi: SH.Jumayev (Qarshi).

Komissar: A.Frolov.

Vadim Abramov («Neftchi» bosh murabbiyi): - Bekobodga ijobiy natija umidida kelgandik. Futbolchilar harakatidan norozi emasman. Faqat aytishim kerak, maqsadga erishish uchun gol qo‘yib yubormasligimiz kerak edi.

Yaxshi o‘ynagan holda, yutqazish alam uyg‘otadi. Ammo hayot to‘xtab qolmaydi. Shunday bo‘lishi kerak ekan, hammasini o‘z holicha qabul qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Oldinga intilishda davom etamiz.

Rustam Mirsodiqov («Metallurg» bosh murabbiyi): - So‘nggi turda muxlislarni quvontirishni o‘ylagandik va buning uddasidan chiqdik. Ha, ayrim futbolchilarning harakatlaridan to‘liq qoniqmadim, lekin natija ijobiy bo‘ldi.

Mana, mavsumni yuqori o‘nlikda yakunladik. O‘ylaymanki, bu yil nafaqat o‘z maydonimiz, balki safarda ham hujumkor futbol ko‘rsatganimiz muxlislarga yoqdi.

Endi mavsumni to‘liq sarhisob qilamiz va shunga qarab, kelasi chempionat uchun rejalar tuzamiz.

«LOKOMOTIV» - «BUNYODKOR» - 3:2 (1:1)

25 noyabr. Toshkent. 2063 tomoshabin.

Hakamlar: V.Serazetdinov (Toshkent); T.Galeev (Toshkent); A.Sidorov (Toshkent); SH.Nasibullayev (Namangan).

Gollar: S.Mirzayev (27), O.Blessing (47-pen.), M.Bikmayev (71-pen.) - D.Hamdamov (33), A.Komilov (77).

«Lokomotiv»: 12. M.Ikromov, 11. S.Abdullayev, 15. S.Mirzayev, 17. S.Mustafoyev, 19. O.Blessing, 20. I.To‘xtaxo‘jayev, 24. B.Davlatov (9. I.Aliboyev, 72), 33. O.Zoteev, 42. M.Kone, 77. D.Turopov (5. K.Maxa-radze, 68), 78. A.Omonov (10. M.Bikmayev, 59).

«Bunyodkor»: 25. M.Zuhurov, 2. R.Ashurmatov (22. SH.Gadoyev, 50; 14. V.SHodiyev, 78), 3. I.Qobilov, 4. A.Komilov, 6. A.G‘ofurov, 8. J.Ibrohimov, 9. SH.Nurmatov, 17. D.Hamdamov, 21. D.Ahmadaliyev, 29. O.SHukurov, 44. M.Qosimov (77. SH.Norxonov, 82).

Ogohlantirishlar: M.Kone (22), B.Davlatov (30), S.Mustafoyev (79) - I.Qobilov (16), A.G‘ofurov (42), R.Ashurmatov (47).

Nazoratchi: D.Roman (Toshkent).

Komissar: V.Lyotkin.

Mirjalol Qosimov («Bunyodkor» bosh murabbiyi): - «Lokomotiv»ni chempionlik bilan tabriklayman. O‘yin ikki jamoa uchun ham muhim emasdi. Shu bois, futbolchilar bosimdan xoli holda o‘ynashdi.

Futbolchilar zimmasiga jarohatlanmaslik vazifasini yuklagandim. Chunki oldimizda o‘ta muhim bahs turibdi. O‘zbekiston kubogi finalida ham «Loko» bilan kuch sinashamiz. Demak, final shubhasiz, yil o‘yiniga aylanadi.

Gadoyevning jarohati? Hozircha aniq gap aytish qiyin. Hammasi tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Shohruhning ko‘zlariga qaradim, o‘ylashimcha, holati u qadar yomon emas. Ammo tibbiy xulosani kutishga majburmiz, baribir.

Taktik sxema o‘zgarishi nima bilan bog‘liq? Yo‘q, bu raqibni chalg‘itish emas, balki final oldidan rasmiy mashg‘ulot.

Aynan shunday o‘yinlar orqali yangi taktik chizmalarni sinab ko‘rish kerak. Boshqacha taktika tanlangani boismi, bugun futbolchilar himoyada ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yishdi.

Andrey Miklyayev («Lokomotiv» bosh murabbiyi): - Juda xursandmiz. Chempionlik yoqimli, albatta. Ammo mavsum hali yakunlangani yo‘q. Chempionat tugadi, endi oldimizda kubok finali turibdi.

Demak, ta’tilga chiqishga erta. Ochig‘i, chempionlikni himoya qilish mushkul kechdi. Muvaffaqiyatimiz siri oddiy: «Lokomotiv» jamoa sifatida birlashdi. Ya’ni hamma yagona maqsad sari dadil odimladi.

Mirko Yelichich («Lokomotiv» murabbiyi): - Taassurotlar ajoyib. Jamoamiz mavsum davomida katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Muhimi, o‘yin bobida ham, jismoniy va ruhiy tomonlama ham chempionatni bir maromda o‘tkazdik.

Final oldidan aynan «Bunyodkor» bilan o‘ynaganimiz yaxshi bo‘ldi. Chempionatni a’lo darajada yakunladik, endi «oltin dubl» uchun finalda ham g‘alaba qozonishimiz kerak.

Finish marrasida ham tarkibimizdagi 22 nafar futbolchining har biri maydonga tushishga tayyor. Nega? Chunki bizda hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

Mavsumni jarohatlarsiz yakunlash qiyin. Ko‘plab jamoalarda chempionat oxirida jarohatlanganlar soni ko‘payadi. Bizda esa barcha futbolchilarning jismoniy holati yaxshi.

Legionerlar masalasi? Ha, legioner tanlashda adashyapmiz. Chunki skautlik xizmati yo‘q.

Shu bois, internetga qo‘yilgan roliklarni ko‘rib, futbolchi jalb qilamiz. Agarda Marat Bikmayev harakatlaridan rolik tayyorlansa, ishoning, unga «Real» ham qiziqib qoladi.

O‘zbekistondagi eng yaxshi va kuchli jamoa  - «Nasaf». Qarshida hammasi a’lo darajada. «Nasaf»ni ikkinchi davra chempioni sifatida ta’riflash mumkin. Pro-lisenziya?

Albatta, bunday hujjat olish rejamda bor. Hozircha jamoa bilan bo‘lib, o‘qishga vaqt ajratolmayapman. Lekin kelajakda oliy lisenziya uchun o‘qiyman, albatta.

Eng muhimi - jamoa bilan ishlash. Mana, 20 yildan buyon professional klublarda faoliyat yurityapman. Eng yaxshi o‘qish - bu amaliyot.

«NAVBAHOR» - «NASAF» - 1:0 (0:0)

25 noyabr. Namangan.  8618 tomoshabin.

Hakamlar: T.To‘xtasinov (Andijon); A.Marajabov (Andijon); Z.Abdurahmonov (Andijon); O.To‘ychiboyev (Farg‘ona).

Gol: D.Stanoyevich (83).

«Navbahor»: 30. A.Omonov, 4. A.Otaxonov (18. D.Usmonov, 76), 5. G‘.Komilov (22. R.Ahmedov, 46), 6. O.O‘runov, 9. D.Jabborov, 21. A.Aliyev, 32. J.Mehmonov, 44. D.Stanoyevich, 70. A.Maxstaliyev (17. I.Boydedayev, 59), 77. A.Turg‘unboyev, 84. N.Yovanovich.

«Nasaf»: 35. S.Quvvatov, 4. M.Karimov (18. B.Abdurahimov, 88), 5. G‘.G‘aybullayev, 6. A.G‘aniyev, 8. S.Qo‘ziyev (7. O.Hamrobekov, 60), 20. I.Kenjaboyev, 27. I.Rashidxonov (14. SH.Muhiddinov, 74), 31. S.Rahmatov, 38. D.Narzullayev, 45. B.Abduxoliqov, 92. U.Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: D.Jabborov (28) - I.Kenjaboyev (42), U.Eshmurodov (87).

Eng yaxshi futbolchilar: D.Stanoyevich - S.Quvvatov.

Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent).

Komissar: B.Namozov.

Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf» bosh murabbiyi): - Kurashlarga boy o‘yin. Shunday bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Biz ko‘proq qarshi hujumlarga tayandik va gol urish uchun vaziyatlar ham yaratdik. Lekin so‘nggi pallalarda sovuqqonlik yetishmadi.

Shogirdlarimga «Navbahor» vakillarining standart vaziyatlardan ko‘p foydalanishlarini uqtirgandik. Biroq aynan shunday holatdan gol qo‘yib yubordik.

Umuman, maydonga tushgan futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi, shaxsan men harakatlar dinamikasidan qoniqdim. Rejalarimiz? OCHL-2018ga qur’a tashlanganidan keyin mavsum tayyorgarligi rejasiga aniqlik kiritamiz.

Hozircha dekabr o‘rtalarida yig‘in boshlashimiz aniq. Albatta, tarkibda o‘zgarishlar ham bo‘ladi. Zero, OCHLda munosib qatnashish uchun tarkibni yanada kuchaytirishimiz shart.

Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor» bosh murabbiyi): - Bugungi g‘alaba va chempionatda qayd etgan natijamizdan xursandman. 11 oy davomida yonma-yon ishlagan yordamchi murabbiylarimizga rahmat.

Mehnatlarimiz samarasi o‘laroq, «Navbahor» kuchli beshlikka kirdi. Futbolchilardan ham minnatdorman. Bugun bir qator yetakchilar yo‘qligiga qaramay, nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etib, g‘alabani ta’minlashdi.

Shu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Turli gap-so‘zlarga e’tibor qaratmagan holda, ishlash va izlanishda davom etamiz. 

- Ha, bir qator futbolchilar «Navbahor»dan ketishlari haqida xabarlar tarqaldi. Shunga oydinlik kiritsangiz...

- Mavsum endi tugadi. Futbolchilar bilan yil boshida tuzilgan shartnomalar muddati ham yakunlandi. Yetakchi o‘yinchilarni imkon qadar tarkibda olib qolishga harakat qilamiz.

Umuman, tarkibni kuchaytirish borasida seleksiya ishlarini mavsum yakunlanmasidan boshlab yuborganmiz. Shaxsan o‘zim bir oycha oldin 5-6 nafar futbolchi bilan og‘zaki kelishib qo‘yganman. Lekin hozircha ular kimligini aytolmayman.

- Ayni payt boshqa klublarda to‘p surayotgan namanganlik futbolchilar orasida ko‘z ostingizga olib qo‘yganlaringiz ham bormi?

- Ha. 3 nafar mahalliy futbolchi bilan gaplashdik. Deylik, «Nasaf»da ham asli namanganlik saviyali futbolchilar to‘p surishmoqda. Qaytaraman, ayni payt barchasi haqida ma’lumot bermay turganim ma’qul.

Lekin ular bilan tez-tez gaplashib turibmiz. Tabiiyki, kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilganmiz. Endi 15 dekabr kuni Namanganda to‘planib, 10 kunlik ilk yig‘inga kirishamiz.

----------------------------------------------------------------------

«QO‘QON-1912» - «OLMALIQ» - 1:2 (1:1)

25 noyabr. Qo‘qon. 5303 tomoshabin.

Hakamlar: H.Ro‘ziyev (Toshkent); O.Abduvasilov (Toshkent); S.SHoyusupov (Toshkent);

A.Rahimov (Andijon).

Gollar: A.Sidorov (10) - SH.Norbekov (8), Z.Polvonov (59).

«Qo‘qon-1912»: 13. N.Ribkin, 4. B.Akramov, 7. J.Hasanov, 10. J.Siddiqov (25. I.Malikjonov, 72), 11. A.Sidorov, 19. S.Berdiyev, 23. A.Merzlyakov, 55. D.Gojkovich, 70. Q.Ro‘ziyev (9. N.Otaqo‘ziyev, 85), 77. M.Xolmuhammedov, 96. M.Hasanov.

«Olmaliq»: 12. R.Abdulov, 2. A.Hojiakbarov, 5. D.Jo‘rayev, 10. SH.Norbekov (15. F.Musabekov, 77), 13. L.To‘rayev, 21. G‘.G‘ulomov, 23. Z.Polvonov, 70. S.Rixsiboyev (11. V.Klishin, 57), 88. I.Yelich, 90. V.Kosminin, 94. X.Muxtorov.

Ogohlantirishlar: M.Xolmuhammedov (63), D.Gojkovich (90) - L.To‘rayev (26), R.Abdulov (68).

Eng yaxshi futbolchilar: A.Sidorov - Z.Polvonov.

Nazoratchi: O.Dachev (Toshkent).

Komissar: R.CHernikov.

Oleg Korniyenko («Olmaliq» katta murabbiyi): - So‘nggi uchrashuvga yarasha maydonda jangovar ruh sezilib turdi. Ikki jamoa ham hujumkor o‘yin namoyish etdi. «Qo‘qon-1912»dan shunday kuchli qarshilik kutgandik.

Zero, bu jamoa ayniqsa, o‘z maydonida yaxshi o‘ynaydi. Umuman, g‘alaba qozonish uchun borimizni berdik. Xususan, standart vaziyatlardan unumli foydalanishga urindik. Yigitlarga bor kuchlarini sarflashgani uchun rahmat.

No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi): - Shogirdlarim chakki o‘ynashmadi. Umuman, mavsum davomida yaxshi o‘yinlar bo‘ldi, xatolar ham kuzatildi. Endi kamchiliklardan xulosa chiqarish uchun vaqt bor. Futbolda shunday holatlar ham kuzatiladi.

Asosiy xatomiz - ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirolmadik. Axir 11 nafar futbolchi bilan butun mavsum yaxshi o‘ynashning iloji yo‘q. Xullas, jamoamizga zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni kuchaytiradigan futbolchi yetishmadi.

Maqsadimiz Qo‘qon futbolini ko‘tarish edi. Buni ma’lum darajada uddaladik. Misol uchun, birinchi davrada peshqadamlar safida yurdik. To‘g‘ri, mavsumni yaxshiroq natija bilan yakunlolmaganimizdan afsusdaman.

O‘z o‘rnida, qulay sharoitlar yaratib berib, qo‘llab turishgan rahbarlar va homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilar va muxlislarga ham rahmat.

Ayniqsa, muxlislar butun mavsum davomida bizni tinmay oldinga chorlashdi. O‘ylamanki, Qo‘qonda futbol yildan-yilga rivojlanadi.

------------------------------------------------------------------------

«BUXORO» - «SO‘G‘DIYONA» - 1:0 (0:0)

25 noyabr. Buxoro. 3524 tomoshabin.

Hakamlar: A.Ergashev (Toshkent); R.Fozilov (Namangan); M.Majidov (Namangan); K.Rasulov (Qarshi).

Gol: A.Allaniyozov (70).

«Buxoro»: 12. A.Tursunboyev, 3. B.Omonov, 5. K.Pasichnik, 8. I.Veyser (9. N.Umirov, 90Q3), 11. S.SHixov, 16. A.Filiposyan, 27. R.Hasanov, 28. E.Ismoilov, 75. S.Qutiboyev (55. A.Allaniyozov, 55), 77. I.Nagayev (87. A.Sanoyev, 90+2), 99. J.Qahramonov.

«So‘g‘diyona»:  99. SH.Abdullayev, 2. S.Qulmatov, 4. E.Oripov, 77. S.Eminov, 7. S.Rashidov, 18. Q.Bahodirov (15. I.Abdullayev, 46), 55. S.Qahhorov, 11. SH.Dostonov, 92. U.Qodirov, 14. G‘.Umirov (8. S.Qobilov, 58), 47. SH.Jalilov.

Ogohlantirishlar: I.Veyser (73) - Q.Bahodirov (29), SH.Abdullayev (38), S.Qulmatov (81).

Eng yaxshi futbolchilar: I.Nagayev - SH.Abdullayev. 

Nazoratchi: S.Ermatov (Toshkent).

Komissar: B.Haydarov.

Igor Shkvirin («So‘g‘diyona» bosh murabbiyi): - «Buxoro»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Mana, mavsum yakunlandi.

Kelajak rejalari haqida esa yaqin kunlarda bir to‘xtamga kelamiz. Oliy ligada qolamizmi-yo‘q? Bu borada o‘z fikrimizni allaqachon bildirganmiz, qolgani o‘zimizga bog‘liq emas.

-----------------------------------------------------------------------

«Paxtakor» - «Obod» - +:-

 

Tur Statistikasi

O‘yin: 7, Gol: 14  (o‘rtacha: 2)

Tomoshabin: 22712 (o‘rtacha: 3244... )

Mezbonlar g‘alabasi: 5, Mehmonlar g‘alabasi: 1, Durang: 1

Yirik hisobli g‘alaba: -

Eng  sermahsul o‘yin: «Lokomotiv» -  «Bunyodkor» (5ta gol)

Ogohlantirish: 26 (o‘rtacha: 3,71...), Chetlatish: -

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Lokomotiv» - «Bunyodkor» (6ta «sariq»)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: «Navbahor» - «Nasaf» (8618)

Penalti: 2(samarali), «Dubl»: -, «Xet-trik»: -,  Avtogol: -

1 Lokomotiv   30        22        4          4          67-20   70       

2 Nasaf          30        20        2          8          58-18   62       

3 Paxtakor     30        18        5          7          44-28   59       

4 Bunyodkor    30        14        10        6          47-29   52       

5 Navbahor    30        12        10        8          40-37   46       

6 Buxoro        30        13        7          10        42-40   46       

7 Olmaliq     30        12        8          10        31-32   44

8 Mash’al       30        12        8          10        37-31   44       

9 Qo‘qon-1912 30        11        8          11        42-47   41       

10Metallurg  30        12        4          14        40-39   40       

11 Qizilqum  30        9          10        11        31-40   37       

12 Dinamo     30        8          8          14        21-35   32       

13 So‘g‘diyona   30        8          7          15        33-51   31       

14 Sho‘rtan      30        8          3          19        28-52   27       

15 Neftchi      30        6          9          15        23-48   27       

16 Obod          30        2          3          25        15-52   9

To‘purarlar

Marat Bikmayev («Lokomotiv») - 27ta  (6ta - pen.)

Dragan Cheran («Nasaf») - 19ta (4ta - pen.)

Doston Hamdamov («Bunyodkor») - 14ta (1ta - pen.)

Sanjar Rashidov («So‘g‘diyona») - 14ta (3ta - pen.)

Igor Sergeev («Paxtakor») - 13ta (3ta - pen.)

Zohid Abdullayev («Metallurg») - 12ta

Suhrob Berdiyev («Qo‘qon-1912») - 11ta...

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:43, 28.11.2017.
O'qildi: 2073 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.