Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«Metallurg»: 2017 yilgi mavsum sarhisobi

«Metallurg»: 2017 yilgi mavsum sarhisobi

Baho:
+ | -

Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan “Metallurg” yakunda o‘z ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga o‘zgartira oldi va chempionatni kuchli o‘ntalikda yakunladi. Bu bilan jamoa oliy ligadagi mavqeini saqlab qoldi. “Metallurg” jamoasi o‘tkazilgan 30 ta uchrashuvning 12 tasida g‘alaba qozondi, 4 ta o‘yinda durang o‘ynadi va 14 tasida esa imkoniyatni boy berdi. Raqiblar darvozasiga 40 bora yo‘l topa olgan bekobodliklar o‘z darvozalaridan bitta kam – 39 ta gol o‘tkazib yuborishdi va 40 ochko jamg‘arishdi.

“Metallurg” 1998 yildan oliy ligadan qatnashib kelayotgan bo‘lsa, mavsumni ikkinchi marta 10-pog‘onada yakunlamoqda. Bungacha jamoa 2012 yilda shunday natijani qayd etgan edi. “Metallurg”ning eng yaxshi ishtiroki 2002 (5-o‘rin), 2010, 2013 (6-o‘rin) yilgi mavsumlarga to‘g‘ri keladi.

Bugungacha “Metallurg” oliy liga musobaqalarida 584 ta uchrashuv o‘tkazgan: 193 ta g‘alaba, 118 ta durang, 273 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi – 737:929.

Mavsum gvardiyachilari

“Metallurg” murabbiylari 2017 yilgi chempionat davomida 27 futbolchining xizmatidan foydalanishdi. Uchrashuvlarda maydonga eng ko‘p tushgan futbolchi kutilganidek jamoa sardori Hikmat Hoshimov bo‘ldi. U barcha 29 o‘yinda jamoa a’zolarini maydonga boshlab tushdi. “Obod”ga qarshi ikkinchi davra uchrashuvi o‘tkazilganida ehtimol yuz foizlik natijaning ham guvohi bo‘lardik.H.Hoshimov faqatgina “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda almashtirildi, qolgan barcha uchrashuvlarda maydonda to‘liq harakat qildi. Sardordan keyingi ko‘rsatkich yosh yarim himoyachi Sanjar Qodirqulovga tegishli – 28 uchrashuv. Bu ikki o‘yinchidan tashqari Zohid Abdullayev (26), Ayubxon No‘’monov (25), Islombek Isoqjonov (25), Murodjon Toshmatov (25), Doniyor Odilov (23), Mirg‘iyos Sulaymonov (23), Jahongir Abdumo‘minov (23),  Alisher Ziyovuddinov (21) lar yigirmatadan ziyod uchrashuvlarda maydonga chiqishgan. Ikkinchi davradan bekobodliklar safiga qo‘shilgan Abror Husinov ham o‘zi uchun yuz foizlik natijani qayd etdi – 14 uchrashuv.

Soatlar, daqiqalar, soniyalar...

Futbolchilarning maydonda o‘tkazgan vaqtidan kelib chiqib tahlil qiladigan bo‘lsak, bu borada ham Hikmat Hoshimov peshqadamligini ko‘ramiz – 2583 daqiqa. Undan keyingi pog‘onalarda Zohid Abdullayev (2330), Murodjon Toshmatov (2077), Mirg‘iyos Sulaymonov (2025) hamda Jahongir Abdumo‘minovlar (2017) borishmoqda. Grossmeysterlarimiz ikki ming daqiqalik dovondan oshishgan. Islombek Isoqjonov (1874), Ayubxon No‘’monov (1857), Zafar Safayev (1710), Alisher Ziyovuddinov (1700), Doniyor Odilov (1612), Sanjar Qodirqulov (1459) va Davronbek Karimqulov (1350) larning maydonda o‘tkazgan vaqti ham e’tiborga molik.

Gollar...

Jamoa qayd etgan natijada shubhasiz darvozalarga kiritigan gollar muhim ahamiyat kasb etidi. To‘purarlik borasida mana bir necha mavsumdirki Zohid Abdullayev yetakchilik qilayapti. Bu yilgi chempionatda ham bombardirimiz o‘z hisobiga o‘ntadan ziyod gol yozib qo‘ydi – 12 gol. Undan keyingi natijani Ayubxon No‘’monov qayd etdi – 4 gol. Murodjon Toshmatov, Alisher Ziyovuddinov, Islombek Isoqjonovlar raqib darvozasiga 3 martadan gol urishgan bo‘lishsa, Dilmurod Karimov, Jahongir Abdumo‘minov va Islomjon Qobilovlar dublga erishishdi – 2 tadan gol. Doniyor Odilov, Sanjar Qodirqulov, Sirojiddin Allayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Muhammadodil Qahramonov, Muhammadjon Sultonov va Dostonbek Tursunovlar bir martadan gol nashidasini surishdi.

Darvozabonlar...

“Metallurg” jamoasi darvozasini mavsum davomida 4 nafar darvozabon qo‘riqladi. Ulardan faqatgina Akobir Qayumov yoshlar ligasida o‘ynadi, asosiy tarkibga jalb etilmadi. Asosiy tarkiblarda eng ko‘p maydonga chiqqan darvozabon Zafar Safayev bo‘ldi. Safayev birinchi davrada 6 ta, ikkinchi davrada esa 13 ta o‘yinda darvozada turdi va 29 bor o‘z darvozasi to‘ridan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Bitta o‘yinga o‘rtacha 1,52 tadan gol to‘g‘ri keladi. Zafar Safayev 5 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Darvozasi tomon belgilangan ikkita penaltidan bittasini qaytardi. Suhrobjon Sultonov esa 9 ta o‘yinda maydonga chiqib, 10 ta gol o‘tkazib yubordi, 2 ta uchrashuvni “quruq” o‘tkazdi. Sultonov o‘rtacha bitta o‘yinda o‘rtacha 1,11 tadan gol o‘tkazib borgan, gollardan birini raqiblar 11 metrlik jarima zarbasidan urishgan. Uchinchi darvozabon Timur To‘ychiyev faqat bitta uchrashuvda, “Qizilqum”ga qarshi safar uchrashuvida darvozani qo‘riqladi va 2 ta gol o‘tkazib bordi.

Penaltilar, avtogollar...

2017 yilgi mavsumda “Metallurg” ishtirokidagi o‘yinlarda hakamlar 7 marta 11 mertlik nuqtani ko‘rsatishdi. 4 marta bekobodliklar, 3 marta esa raqiblar penalti tepishdi. “Metallurg” 4 ta imkoniyatning faqat bittasini golga aylantirgan – “Sho‘rtan”ga qarshi birinchi davra uchrashuvida Dilmurod Karimov maqsadiga erishgan. Amalga oshirilmagan penaltilar esa “Mash’al” (Dilmurod Karimov), “Bunyodkor” (Mirg‘iyos Sulaymonov) va “Dinamo” (Hikmat Hoshimov) jamoalari bilan o‘yinlarda kuzatilgan. Bekobodliklar darvozasiga “Olmaliq” (S.Sultonov darvozasiga) va “So‘g‘diyona” (Z.Safayev) jamoalari penaltidan gol urishgan. “Bunyodkor” o‘yinchisi Dostonbek Hamdamovning zarbasini esa Zafar Safayev birinchi davra uchrashuvida to‘sishga erishgandi.

“Metallurg” ishtirokida 3 ta avtogol qayd etilgan. 1-turda “Dinamo” bilan o‘yinda Davronbek Karimqulov o‘z darvozamizga gol urib qo‘ygan bo‘lsa, “Qizilqum” o‘yinchisi Fayzulla Qambarov va “Qo‘qon 1912” sardori Murod Xolmuhamedovlar “Metallurg” foydasiga avtogolga mualliflik qilishgan.

Ogohlantirishlar...

2017 yilgi mavsumda “Metallurg” jamoasi o‘yinchilari qarshisida hakamlar jami 62 marta sariq kartochka ko‘tarishgan. Eng ko‘p ogohlantirilgan futbolchi Jahongir Abdumo‘minov bo‘ldi. U sakkiz marta “sariq” jazoga tortilgan. Shiddatkor hujumchimiz Zohid Abdullayevni hakamlar bilan 7 marta “tortishgan”. Doniyor Odilov 5 marta, Murodjon Toshmatov, Davronbek Karimqulov, Alisher Ziyovuddinov va Islombek Isoqjonovlar 4 martadan tartibga chaqirilishgan.

Ayubxon No‘monov, Zafar Safayev, Muhammadjon Sultonovlar qarshisida 3 martadan, Dilmurod Karimov, Sanjar Qodirqulov, Dostonbek Tursunov hamda Islomjon Qobilovlar qarshisida 2 martadan, Hikmat Hoshimov, Muhammadodil Qahramonov hamda Suhrobjon Sultonovlar qarshisida 1 martadan sariq kartochka ko‘tarilgan.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 18:22, 28.11.2017.
O'qildi: 2111 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.