Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

To‘rtinchi oltin butsa – yoxud Lionel Messiga atalgan oqshom haqida

To‘rtinchi oltin butsa – yoxud Lionel Messiga atalgan oqshom haqida

Baho:
+ | -

Lionel Messi faoliyati davomida 4-marta «Oltin butsa»ni qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun aytish kerak, AIPS (Evropa sport nashrlari assosiasiyasi) tomonidan ta’sis etilgan ushbu sovrin «ko‘hna qit’a»dagi milliy chempionatlarning bosh to‘purariga topshiriladi.

Xullas, Barselonada tashkillashtirilgan navbatdagi tantanali marosimda yevromavsum-2016|2017ning eng yaxshi goleadori taqdirlandi.

Marosim joyi

Bilasiz, Messi yetakchiligidagi «Barselona» o‘tgan mavsum asosiy sovrinlardan quruq qoldi. Ya’ni Ispaniya chempionati va CHLda maqsadga erisholmay, mamlakat kubogi bilan kifoyalandi.

Shunga qaramay, argentinalik yulduz individual mukofotga yarasha ish bajardi - primeroda 37ta gol urib, Yevropa milliy chempio­natlari bosh to‘purari bo‘ldi («Oltin butsa»-2016 Katoloniya klubining yana bir goleadori Luis Suares mulkiga aylangandi).

Aslida «PSJ» vakili Edinson Kavani ham mavsum davomida raqiblar darvozasini 37 marta ishg‘ol qildi, biroq La-liga va Liga 1da urilgan gollar turlicha koeffisiyentga egaligi sabab, urugvaylik hujumchi sovrinsiz qoldi.

Oddiy aytganda, Messining bitta goliga 2 ochko berildi, Kavanikiga esa 1,5 ochko. Tantanavor taqdirlash marosimi 24 noyabr kuni eski pivo zavodi binosida tashkillashtirildi.

Bu yer butun XX asr mobaynida Ispaniyaning mashhur lageriga xizmat qilgan. 1992 yili esa bino qayta ta’mirlangan va endilikda uning tarkibida muzey, shuningdek, ommaviy va madaniy tadbirlar uchun mo‘ljallangan katta zal bor.

«Uning butsalari - gollar tug‘ilishi»

Taqdirlash marosimida jurnalist­lardan tashqari, Messining klubdoshlari - Luis Suares, Andres Inyesta va Serxio Buskets ham hozir bo‘lishdi.

Birinchi qatordan esa «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu, Marca nashri direktori Xuan Ignasio Galyardo, futbolchining umr yo‘ldoshi Antonella Rokusso hamda to‘n­g‘ich o‘g‘li - Tyago joy olishdi.

Marosimni Galyardo ochib berdi: «Messi haqida yangi gap aytish qiyin - barchasi aytilgan, yozilgan, hammaga ma’lum. Kimdir o‘zgacha bir ta’rif o‘ylab topgunicha Leo jamoadoshini samarali uzatma bilan ta’minlaydi.

Boshqa birov endi navbatdagi maqtovni yo‘llashga kirishganida, u uch nafar raqibini aldab o‘tadi. Bu nutq matbuotga chiqishiga qadar esa Messi o‘zi uchun odatiy shedevr gol urishga ulguradi.

Xullas, uning butsalari - futbolning asl mohiyati, uning tabiati va ilk asosi. Oddiy aytsak, gollar va yana gollar».

Leo mukofotni o‘tgan yilgi laureat va yaqin do‘sti Luis Suares qo‘lidan qabul qilib oldi. «Messi har bir o‘yinda aqlga sig‘mas ishlarni uddalaydi», - deya maqtadi urugvaylik hujumchi klubdoshini.

Argentinalik dahocha esa bunga oddiy va kamtarona javob qaytardi: «Individual sovrin - bu jamoaviy ishlar samarasi. Agar jamoadoshlarim yaxshi ishlamaganlarida, shuncha gol urolmasdim».

«Oltin yurak»

Aslida Messi uchun «Oltin butsa» navbatdagi sovrin emas. Chunki bu mukofot topshirilishidan oldin Leoga «Oltin yurak» (bolalardagi onkologik xastaliklarga qarshi kurash timsoli) taqdim etildi.

Chunonchi, Messi boshqarayotgan xayriya jamg‘armasi bu borada ko‘plab loyihalarni amalga tatbiq qilyapti. Xususan, Barselonada joylashgan bolalar onkomarkazi - San Joan de Deu bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan.

«Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish g‘oyat muhim, - dedi futbolchi ramziy sovrinni kichik bolakay qo‘lidan qabul qilib. - Qodir ekanman, yordam berishda davom etaman va bundan qalbim  taskin topadi».

Bolalar ham buni bilishadi, his qilishadi, Leo. Maydonda ham, uning tashqarisida ham shunday yorqin shaxs bo‘lib yuraver...

Yevropa milliy chempionatlari (mavsum-2016|2017)ning eng yaxshi to‘purarlari DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:35, 28.11.2017.
O'qildi: 2672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.