Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Igna teshigidan kuzatuv yoxud Yevropa tashqarisida o‘ynayotgan qoyilmaqom futbolchilar

Igna teshigidan kuzatuv yoxud Yevropa tashqarisida o‘ynayotgan qoyilmaqom futbolchilar

Baho:
+ | -

Qish eshik qoqmoqda. Demakki, yevrofutbol markazidagi top-klublar tarkib bo‘yicha ehtiyojga qarab, yanvarda boshlanadigan transferlar bozori uchun nomzodlar ro‘yxatini allaqachon tuzib qo‘ygan.

Bunda xaridor jamoa asosan joriy mavsum yevrokuboklarda ishtirok etmagan futbolchilarga e’tibor qaratishi turgan gap.

Soccer.ru sayti shuni nazarda tutgan holda, «ko‘hna qit’a» tashqarisida to‘p surayotgan munosib o‘yinchilar orasidan nomzodlar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Bu yigitlarning ayrimlari yangi yildan keyin Yevropa jamoalari safiga qo‘shilsalar, ajabmas. 

Darvozabon

Diyego ALVES («Flamengo»). Mamlakati: Braziliya; yoshi: 32; taxminiy bahosi: 5 million yevro

Ta’rif. Ispaniya primerosida 10 mavsum o‘ynagan braziliyalik kiper «Almeriya» va «Valensiya»dagi fao-liyati davomida 52ta penaltidan naq 25tasini bartaraf etgan. Alves bu borada La-liga rekordchisidir - fantastika!

Himoyachilar

Fabrisio BUSTOS («Inde-   pendyente»). Mamlakati: Argentina; yoshi: 21; taxminiy bahosi: 4 million yevro

Ta’rif. 21 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Argentinada tanilib ulgurdi va uning kelajakda Pablo Sabaleta, Kafu, Marselo, Roberto Karlos va Dani Alvesh kabi ustalar darajasiga chiqishidan umidvorlar.

Yerri MINA («Palmeyras»). Mamlakati: Kolumbiya; yoshi: 23; taxminiy bahosi: 9 million yevro

Ta’rif.«Palmeyras» klubi va Kolumbiya termasi markaziy himoyachisi Bustosdan farqli o‘laroq, Yevropada ham mashhur. Minaga asosiy da’vogar -  «Barselona». Kataloniyaliklar yozda ham uni xarid qilishga urinishgandi va endi boshlangan ishni yakuniga yetkazib qo‘ymoqchilar. Chunonchi, Ernesto Valverde «Barsa» himoyasini butunlay yangilamoqchi, albatta, bosqichma-bosqich.

Rodrigo KAYO («San-Paulu»). Mamlakati: Braziliya; yoshi: 24; taxminiy bahosi: 9 million yevro

Ta’rif. Kayo - Olimpiada chempioni. U o‘tgan yili Braziliya olimpiyachilarining Rioda oltin medal yutishlarida xuddi Neymar kabi katta rol bajargandi. Keyinchalik «Zenit»ning aniq taklifini rad etdi, vaholanki, piterliklar uning transferi yo‘lida 18 million yevro sarflashga tayyor edilar. Chunonchi, Kayo Ispaniyada o‘ynamoqchi.

Gilyerme ARANA («Korintians»). Mamlakati: Braziliya; yoshi: 20; taxminiy bahosi: 8 million yevro

Ta’rif. Yozda SSKA (Moskva) safiga qo‘shilishni istamagan Arana ham to‘g‘ri yevrofutbol markaziga tushmoqchi. Muhimi, kundan-kunga xaridor jamoalar safi kengaymoqda: «Tottenxem», «Shalke», «Bordo», «Sevilya», «Inter» va hattoki, «MYU». Aytishlaricha, Gilyermening yanvarda «Sevilya» libosini kiyishi ehtimoli balandroq.

Yarim himoyachilar

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:47, 30.11.2017.
O'qildi: 3355 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик