Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

JCH-2018. Bugun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi!

JCH-2018. Bugun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi!

Baho:
+ | -

Bugun, 1 dekabr kuni 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Mundialga yo‘llanma olgan 32 ta terma jamoa oktyabr oyidagi FIFA reytingiga asosan 4 ta savatchaga ajratildi.

Mezbon jamoa hisoblanmish, Rossiya esa avtomatik tarzda birinchi savatchadan joy olgan.

Savatchalar quyidagicha ko‘rinish olgan:

Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya.

Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Peru, Shveysariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya.

Uchinchi savatcha: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvesiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron.

To‘rtinchi savatcha: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.

Har bir guruhdan bir qit’adan faqat bittadan jamoa joy oladi. Faqat Yevropa qit’asi bundan tashqari hisoblanadi.

Bitta guruhda Yevropadan ko‘pi bilan 2 ta jamoa bir-biriga to‘qnash kelishi mumkin.

Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da  boshlanadi.

Qur’a tashlash marosimi jarayonini Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, ayni paytda futbol eksperti hisoblanmish Gari Lineker va boshlovchi Mariya Komandnayalar birgalikda olib borishadi. Taniqli aktyor Ivan Urgant marosimda boshlovchi vazifasini bajaradi.

JCH–2018 final bosqichi 2018 yilning 14 iyun kunidan 15 iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Rostov na-Donudagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, marosimda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etishi haqida kecha xabar berib o‘tgan edik.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 18:08, 01.12.2017.
O'qildi: 9308 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.