Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Bolalar futbolida noxolislikka yo‘l qo‘ygan Sirdaryo viloyati FF mas’ullariga keskin choralar ko‘riladi

Bolalar futbolida noxolislikka yo‘l qo‘ygan Sirdaryo viloyati FF mas’ullariga keskin choralar ko‘riladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ammo shunga qaramay, viloyat futbol federasiyalari tomonidan yurtimizda bolalar futbolining rivojlanishiga  to‘g‘anoq bo‘ladigan ba’zi noxolisliklarga  yo‘l qo‘yilmoqda. 

Shu yilning 23-29 noyabr kunlari Buxoro shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar terma  jamoalarining  2000-yilda tug‘ilgan o‘smirlar guruhlari o‘rtasida Respublika chempionati bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar bergandik. Chempionatda 12ta jamoa 4ta guruhga bo‘lingan holda qatnashdi. 

Mana shu musobaqada Sirdaryo viloyati terma jamoasi tarkibida yoshi kichraytirilgan va qaydnomadan o‘tmagan futbolchi ishtirok etayotgani O‘FF vakili tomonidan aniqlangan va Sirdaryo viloyati terma jamoasining barcha natijalari bekor qilinib, musobaqadan chetlashtirilgan. 

Buxoro shahrida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Respublika chempionatida aniqlangan kamchiliklar, noxolislik, ko‘zbo‘yamachilik va mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojiga to‘g‘anoq bo‘layotgan illatlarni kelgusida bartaraf etish hamda musobaqada ishtirok etuvchi jamoa rahbarlari va murabbiylarining mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning buyrug‘i chiqdi. 

Buyruqda Sirdaryo viloyati jamoasi musobaqada yoshi kichraytirilgan hamda musobaqada ishtirok etish bayonnomasiga kiritilmagan futbolchilar bilan ishtirok etgan holda, noxolislikka yo‘l qo‘ygani, ma’lumotlarni qalbakilashtirgani sababli viloyat jamoasiga mas’ul bo‘lgan shaxslar Jahongir Murodqosimov va Ahror Mirazimovlarni futboldan butunlay chetlashtirish va ularga futbol faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan lisenziya, sertifikatlarni bir umrga bekor qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilishi aytib o‘tilgan. 

Shuningdek, Sirdaryo viloyati futbol federasiyasi aniqlangan faktlar yuzasidan tegishli mas’ullarga keskin choralar ko‘rishi va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida 3 kun muddatda  O‘zbekiston futbol federasiyasiga ma’lumot taqdim etishi belgilab qo‘yilgan. 

Mazkur buyruq barcha hududiy federasiyalar e’tiboriga yetkazilib, yuqoridagi holatlar takrorlansa, O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan keskin choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:39, 02.12.2017.
O'qildi: 2468 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.