Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Yaxshi va yomon - O‘zbek futbolidagi keskin qarorlar to‘g‘risida gaplashamiz

Yaxshi va yomon - O‘zbek futbolidagi keskin qarorlar to‘g‘risida gaplashamiz

Baho:
+-1 | -

Gazetani to‘ldirish ham oson bo‘lib qoldi. Ilgari nima haqda yozishni bilmay, rosa bosh qotirardik. Endi esa mavzu o‘z-o‘zidan yog‘ilib keldi.

O‘FF kunda-kunora yangilikka qo‘l urib turibdi va yozishni xohlagan qalamkash hammasiga birma-bir munosabat bildirishi mumkin.

Mubolag‘a uchun uzr, ammo avvallari 10 yilda ham kuzatilmagan ishlarni endi 10 kundayoq ko‘ryapmiz. Mana, O‘zbekiston chempionati bosh turnirida 12ta jamoa qolishi haqidagi qarorni hazm qilmasimizdan oliy liga atamasi bilan xayrlashdik.

Xullas, keyingi mavsumdan kuchlilar divizioni jarangdor nom bilan yo‘lga chiqadi - Superliga. Pro-liga nomi berilgan quyi divizionda esa faqat 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘ynashlari mumkin.

Xo‘sh, bu yangiliklar futbolimizga nima beradi? Keling, hammasiga batafsil to‘xtalib, yangiliklarning ijobiy va salbiy jihatlariga birrov nazar solamiz...

12ta JAMOA

Oliy liga, kechirasiz, Superligada 12ta jamoada ishtirok etishi yaxshimi? Yaxshi. Ishoning, buning ijobiy jihatlari juda ko‘p. Reglament va unga amal qilinmagani haqidagi gap-so‘zlarning barchasini chetga surib aytsak, aslida bu tizimga allaqachon o‘tish kerak edi.

Elitada 16ta jamoa ishtirok etishi uchun quyidan yuqoriga chiqishni istaydigan kamida 5-6ta klub bo‘lishi shart. Ammo avvalgi tizimda shunday raqobat bormidi? Aksincha, chempionat tarixida oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan holda, kuchlilar qatorida o‘ynashdan bosh tortgan jamoalar yetarlicha uchragan.

Deylik, oxirgi yillarda elitadan quyiga faqat bitta jamoa tushib ketishiyu, ikkinchisi «pley-off» orqali o‘z joyini saqlab qolishiga ko‘nikib ulgurgandik. O‘zingiz bir eslab ko‘ring, birinchi ligada 2-o‘rinni olgan biror klub «oliy»ning 15-jamoasini yengib, elitaga chiqqanmi? Yo‘q. Chunki klublarda bunga alohida xohish ham sezilmagan. Xulosa shuki, bosh ligada 16ta jamoa saqlab qolib, nimaga erishardik?

Aytish mumkinki, shu vaqtga qadar o‘zimizni aldab keldik. Oliy ligada o‘ynash uchun kamida 20-22ta jamoa da’vogar sanalmas ekan, 16talik tizimda qolish mantiqsizdan boshqa narsa emasdi. Endi hammasi joyiga tushadi.

Superligada 12ta jamoa o‘ynaydi va Pro-liganing kamida 5ta vakili elitaga chiqish uchun chinakamiga da’vogarlik qilishi kutilmoqda. Bu esa raqobat, sport tamoyillari ravnaq topishiga xizmat qilmaydimi? Bularning barchasi ijobiy jihat, albatta.

 E’TIROZ, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:09, 03.12.2017.
O'qildi: 3882 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.