Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Toshkentga yetib keldi

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Toshkentga yetib keldi

Baho:
+ | -

Osiyo Futbol Konfederasiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 3 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi.

Yuqori martabali mehmonni “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, federasiya mas’ullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi. 

Tashrif doirasida OFK prezidenti bir qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular davomida Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa yurtimizda futbolni rivojlantirish va yoshlar orasida yanada ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, konfederasiya prezidenti 4 dekabr kuni “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, g‘olib jamoaga Kubokni topshiradi.

OFK prezidentining yurtimizga tashrifi O‘zbekiston futbol federasiyasining Osiyo Futbol Konfederasiyasi bilan hamkorlikdagi loyihalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:14, 03.12.2017.
O'qildi: 4678 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик