Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Lokomotiv» O‘zbekiston kubogi-2017 sohibiga aylandi

«Lokomotiv» O‘zbekiston kubogi-2017 sohibiga aylandi

Baho:
+ | -

Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun 4 dekabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni kuzatish uchun “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurgan ko‘p sonli muxlislar “Lokomotiv”ning kichik g‘alabasiga guvoh bo‘lishdi.

Jumladan, o‘yin boshlanishi bilan “Lokomotiv” futbolchilari bor kuchlarini hujumga qaratishdi va 6-daqiqada o‘z maqsadlariga yetishdi.

Marat Bikmayev Murod Zuxurov qo‘riqlayotgan darvozaning o‘tkir burchakini uzoq masofadan ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘limda har ikki jamoada ham gol urish uchun yetarli imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo ushbu vaziyatlarda gohida futbolchilarda aniqlik yetishmadi yoki bo‘lsa darvozabonlar mahorat ko‘rsatishdi.

O‘yinning 60-daqiqasida futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan Timur Kapadze zaxiraga olindi. Stadiondagi muxlislar Timurni baralla ovozlar ila kuzatib qo‘yishdi. Kapadzening o‘zbek futboliga qo‘shgan xissasi uchun barcha muxlislar nomidan rahmat aytgan bo‘lardim.

Shundan so‘ng hisobda ortda borayotgan “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov o‘yinda markaziy hujumchisini almashtirishga qaror qildi. Unchalik muvaffaqiyatli harakatlana olmagan Shohruz Norxonov o‘rniga legioner futbolchi Vadim Chemirtan maydonga tushirildi. Qosimov ishonib maydonga tushirgan Chemirtan ilk daqiqalardanoq o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatib, chalqancha uslubda Nesterov qo‘riqlayotgan darvozaga zarba yo‘lladi.

Leikn uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.  O‘yin yakuniga qadar har ikki jamoa ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratishdi. Lekin yakunda hisobni tenglashtirira olmagan “Bunyodkor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ga yutqazib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” kubok finalida o‘z tarixida uchinchi marta va ketma-ket ikkinchi marta zafar quchdi.

O‘zbekiston kubogi-2017, final

4 dekabr, dushanba. Soat 15:00

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 0:1

Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hasan (BAA)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri, Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi (BAA)

Zaxira hakami: Ammar Ali Abdulla al-Junaybiy (BAA)

Gol: Marat Bikmayev (7)

"Bunyodkor": Murod Zuxurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Dostonbek Hamdamov, Dilshod Ahmadaliyev, Shohrux Gadoyev (Vohid Shodiyev, 76), Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (SHahzodbek Nurmatov, 63), Shohruz Norxonov (Vadim Chemirtan, 57).

Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Islomjon Qobilov, Davronbek Umirov, Xurshid G‘iyosov.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Muhammad Kone, 87), Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Sanjar Shoahmedov, 59), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteev, Jaloliddin Masharipov (Diyor Turopov, 75).

Zaxira: Ma’mur Ikromov, Salim Mustafoyev, Sherzod Fayziyev, Murod Bobojonov. 

Ogohlantirishlar: Otabek Shukurov (90) – Jaloliddin Masharipov (24), Marat Bikmayev (80), Sardor Mirzayev (89), Ignatiy Nesterov (90+3)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:59, 04.12.2017.
O'qildi: 8073 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик