Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yaqinlashib kelayotgan transferlar mavsumida “Tottenxem” futbolchisi Denni Rouzni sotib olish uchun harakat qilib ko‘radi.
Futbolchi APLning 12-tur doirasida “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaganidan juda qattiq jaxli chiqqan. “MYU” esa murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi tushunmovchiliklardan foydalanib qolmoqchi.
Xabarda aytilishicha, “qizil iblislar” 27 yoshli Rouz transferi uchun “shporlar”ga 50 mln funt o‘tkazib berishmoqchi.