Yaponiyada yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. «Urava Reds» yarim himoyachisi Takaxiro Sekine eng yaxshi gol muallifiga aylandi.
U o‘z driblinglari orqali raqib jamoaning yarmini aldab o‘tib, qaytarib bo‘lmas zarba bilan darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi. Shundan so‘ng u o‘z Vatanida Lionel Messiga tenglashtirila boshlandi.
E’tiborli tomoni, Takaxiro Sekine yozgi transfer paytida ikkinchi Bundesligaga yo‘l oldi. Ammo futbolchi «Ingolshtadt»ning boshlang‘ich tarkibidan muqim joy ola olmadi.