Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

«Al Garafa» «Paxtakor» uchun qanchalik darajada havfli?

«Al Garafa» «Paxtakor» uchun qanchalik darajada havfli?

Baho:
+1 | -

Bugun Osiyo Chempionlar ligasining 2018 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning barcha jamoalari o‘z raqiblarini bilib olishdi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizning amaldagi chempioni hamda Kubogi sohibi – “Lokomotiv” jamoasi “V” guruhdan o‘rin oldi va Qatarning “Al Duhayl” hamda BAAning “Al Vahda” klublari bilan bir guruhdan o‘rin oldi. Shuningdek, turnir guruh bosqichiga chiqish uchun saralash bahslarida “Paxtakor” Qatarda “Al Garafa” bilan bahs olib borsa, “Nasaf” o‘z maydonida Iordaniyaning “Al Faysali” jamoasi bilan to‘p suradi. Keling, avvalo “Paxtakor”ning raqibi haqida to‘xtalsak.

Balkim bu haqda yozishga biroz ertaroqdir. Biroq shuni aytish mumkinki, ayg‘oqchilikni qancha vaqtliroq boshlasak, shuncha o‘zimizga yaxshiroq bo‘ladi.

“AL GARAFA”

Fransiyalik mutaxassis Jan Fernandes boshqarayotgan ushbu jamoa OCHL saralashida Qatarning 4-jamoasi sifatida qatnashadi. Dohaliklar o‘tgan 2016/17 yilgi mavsumda milliy chempionatda 26 o‘yinda 12 bora g‘alabaga erishishdi. 4 o‘yinda durang o‘ynagan klub, 10 bora mag‘lub bo‘ldi.

“Al Garafa” o‘z uy uchrashuvlarini Dohadagi “Al Garafa Stedium”da o‘tkazadi. Ushbu arena o‘z bag‘riga 24826 tomoshabinni sig‘dira oladi...

...Jamoa OCHLda bir necha bora o‘zbek jamoalaridan faqatgina “Paxtakor” bilan to‘qnash kelgan...

19 mart 2008 yil. “Al Garafa” – “Paxtakor” – 2:2 (A. Aliqulov, 69, F. Tojiyev, 77).

21 may 2008 yil. “Paxtakor” – “Al Garafa” – 2:0 (Z. Tojiyev, 17, O. Ahmedov, 88-pen).

11 may 2010 yil. “Al Garafa” – “Paxtakor” – 1:0 (Arauxo, 86-pen).

BOSH MURABBIY...

Jan Fernandes – 1954 yilning 8 oktyabr kuni Fransiyada tug‘ilgan. O‘z faoliyati davomida “Monpelye”, “Nansi”, “Oser”, “Sosho”, “Lill” (barchasi Fransiya), “Al Vahda”, “Al Nassr” (ikkisi ham Saudiya Arabistoni), “Al Shaab”, “Al Nasr” (ikkisi ham BAA) kabi klublarda ishlagan.

“Sosho” jamoasi bilan “Liga 2”ni (2001) zabt etgan. “Marsel” bilan esa Fransiya Kubogi finaligacha (2005) yetib borgani uning eng katta natijasi bo‘lib turibdi.

LEGIONERLAR...

Qatarliklar safida esa Joze Kuixada (Ekvador), Luiz Ximenes (CHili), Diogo Amado (Portugaliya), Jonatan Balotelli (Braziliya), Vladimir Vayss (Sloveniya), Tamer Jamol (Suriya), Diyego Kaluyituka (Trinidad va Tobago), Adan Kuilnela (Somali), Andrea Mento (Singapur) kabi legionerlar to‘p surishadi.

BU MAVSUMDA...

Ayni damda “Al Garafa” Qatar Yulduzlar ligasida 7-pog‘onada ketmoqda. Jamoa 10 o‘yindan keyin 2 bora g‘alabaga erishib 4 tadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan. 15 bora gol urgan jamoa 16 marta darvozasidan to‘p olib chiqqan. O‘z maydonida o‘tgan 6 bahsning 2 tasida zafar quchgan. 3 bora durang o‘ynab, 1 marta taslim bo‘lgan.

8 dekabr kuni Qatarda milliy chempionatning birinchi davrasi yakunlanadi. Klub shuningdek bu oyda Qatar Qiroli kubogi doirasida “Al Sayliya”ga qarshi bahs olib boradi. OCHL saralashi doirasida “Paxtakor” bilan uchrashuvgacha “Al Garafa” bir necha rasmiy bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

PS: O‘zbek klublari har doim o‘zlarining ilk rasmiy bahslarini OCHL doirasida o‘tkazishlari bois, har doim ham debyut omadi chiqavermaydi. Biroq Shota Arveladze o‘z shogirdlarini yaxshi darajada tayyorlashiga ishonamiz!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:57, 06.12.2017.
O'qildi: 8084 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.