Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Milliy chempionatimiz klublari shifokorlari Qatarda malaka oshirishadi

Milliy chempionatimiz klublari shifokorlari Qatarda malaka oshirishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 20-21 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida joylashgan “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar shifokorlari uchun seminar tashkil etiladi. 

Seminar davomida “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari shifokorlariga sport tibbiyotida qo‘llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari, futbolchilarning sog‘lig‘ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak bo‘lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. 

Ushbu seminar shu yilning 17 oktyabr kuni O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o‘rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilayotganini ham alohida ta’kidlash kerak. 

Qatarga tashrif davomida Umid Ahmadjonov “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida bo‘lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishgan hamda ushbu markazning O‘zbekiston futboli uchun foydali jihatlarini yaqindan o‘rgangan edi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:13, 07.12.2017.
O'qildi: 2242 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик