Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘FF nishonida turgan murabbiylar haqida

O‘FF nishonida turgan murabbiylar haqida

Baho:
+1 | -

Milliy jamoamizga xorijdan murabbiy kelishini hamma istayapti.

Buni yaxshi anglagan O‘FF rahbariyati ham ko‘z ostiga olingan va muzokara olib borilayotgan mutaxassislar nomini rasman ma’lum qildi.

Quyida ushbu murabbiylarning profili va yana e’tibor qaratish lozim bo‘lgan boshqa jihatlari xususida so‘z yuritamiz.

VALTER MASSARI. 1961 yil 1 oktyabrda San-Vinchenso shahrida tavallud topgan. 1981-1995 yillarda yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynagan.

Futbolchilik paytida ko‘proq «Empoli» klubida to‘p surgan. 1996 yilda «Bolonya»da bosh murabbiy yordamchisi vazifasida ish boshlagan.

2009 yildan buyon yuqori saviyadagi klublarni boshqarib kelmoqda. «Napoli» va «Inter»da ishlagan kezlari yuqori pressingga asoslangan futbolni xush ko‘ruvchi jamoalarni shakllantirdi. 2012 yilda Enso Bearzot nomidagi mukofot bilan taqdirlangan.

Bu italyan murabbiylari uchun eng nufuzli sov­rinlardan biridir. 2017 yil 21 mayda «Uotford»dan bo‘shatilgandan beri boshqa klubda ko‘rinish bermadi.

To‘g‘ri, termada ishlamagan, lekin uzunquloq gaplarga qaraganda, uni Italiya milliy jamoasiga chaqirishlari hech gap emas.

Bizga qanday foydasi tegadi? U ishlagan klublar ajoyib start oladi, kuchli taktik ishlanmalari bilan grandlarni o‘ta murakkab holga tushirib qo‘yishi mumkin.

Terma jamoa har oyda maydonga tushmasligini inobatga oladigan bo‘lsak, u istalgan raqibga pressingdan dars berishga qodir. Buning uchun Massari jamoalari italyancha himoyaviy futbolga, ya’ni «katenachcho»ga tezkorlik bilan va to‘laqonli moslashishlari kerak.

Demak, yuqori saviya­dagi himoyachilar yetishtirish talabi oldinga suriladi. Edinson Kavani («PSJ»), Valon Behrami («Udineze») va Marek Gamshik aynan u «Napoli»da ishlagan kezlari porlagandilar.

BERT VAN MARVEYK. 1952 yil 19 mayda tavallud topgan. Faoliyatining asosiy qismini Maastrixtning MVV klubida himoyachi pozisiya­sida o‘tkazgan.

Murabbiylik sohasiga 1998 yili «Fortuna Sittard» klubi orqali kirib kelgan. 2001|2002 yillar mavsumida «Feye­noord» bilan UYEFA kubogi sohibi bo‘lgan.

Ishlagan termalari: Gollandiya (2008 yil 1 avgust - 2012 yil 27 iyun), Saudiya Arabistoni (2015 yil 1 sentyabr - 2017 yil 15 sentyabr). JCH-2010 finalchisi.

So‘nggi 10 yillikda matbuot nazaridan tez yo‘qolib qoladigan murabbiylardan biri. Ayniqsa, muayyan muddatlarda ham o‘yin sifati, ham natijani ta’minlay olishi bilan mashhur.

Negadir so‘nggi ish joyi Sau­diya Arabistonida uni qadrlashmadi, vaholanki, ushbu mamlakat termasi bilan atigi 3ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi, xolos.

Bizga qanday foydasi tegadi? Ayniqsa, bugungi termamizning biroz ishonchsiz kayfiyatiga mos keladi. Qisqa vaqtda futbolchilarda ishonch uyg‘ota olishi, motivasiyani oshirishi, milliy jamoa atrofida ajoyib muhitni yaratishi mumkin.

Esingizda bo‘lsa, 2008 yili Gollandiya termasini qabul qilib, shogirdlari bilan o‘ta ishonchli o‘yin ko‘rsatgan va mundial finaliga qadar yetib borgandi.

E’tiborli jihati, Bert van Marveyk Osiyo futboli bilan yaxshi tanish hamda bizga yaqin mintaqada millionlar o‘yini past-balandliklarini yaxshi biladi.

SLAVEN BILICH. 1968 yil 11 sent­yabrda sobiq Yugoslaviyaning Split shahrida tavallud topgan. 1988-2000 yillarda himoyachi pozisiyasida o‘ynagan. Futboldagi faoliyatini Splitning «Xayduk» klubida boshlab, aynan o‘sha yerda yakunladi.

Orada «Vest Xem» va «Everton» klublarida ham o‘ynadi. 1998 yilgi jahon chempionatida Xorvatiya safida bronza medali sohibi bo‘ldi. 2001 yilda jonajon «Xayduk» klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Yangi rolda o‘zini erkin his qilishi uchun Arsen Venger va Marchello Lippi mashg‘ulotlarida shaxsan ishtirok etgan.

So‘nggi ish joyi - «Vest Xem»da ham ilk mavsumdayoq kuchli beshtalikka kira oldi. Uning yangi jamoasi haqiqiy inglizcha futbol ko‘rsatib, pressingdan ko‘ra ko‘proq hujumga tayanib ish ko‘rgandi.

Ishlagan terma jamoasi: Xorvatiya (2006 yil 1 iyul - 2012 yil 30 iyun). 2008 yilgi Yevropa chempionatiga yo‘l olishda Angliyani «Uembli»da yenggan va turnirning o‘zida chorak finalga qadar yetib borgandi.

Bizga qanday foydasi tegadi? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:26, 08.12.2017.
O'qildi: 12238 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.