Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Qo‘shaloq baxt – yengilgan saraton va JCH yo‘llanmasi

Qo‘shaloq baxt – yengilgan saraton va JCH yo‘llanmasi

Baho:
+ | -

2002 yilning 8 aprel kuni Oge Xareyde dastlabki mavsum «Kopengagen»dan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab, keyingisida chempionlik sari dadil ildamlagan «Brondbyu» bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bitimning yangilanishi klub rasmiy saytida ishqibozlar tomonidan ko‘p muhokama qilindi. Kimgadir jamoa uslubi yoqmasa, boshqalarga natija uchun o‘ynalmasligi ma’qul kelmayotgandi.

Vaholanki, tortishuvlar sababi «Brondbyu» tarixiga aloqador bo‘lmagan shaxsning bosh murabbiy sifatida ishlayotganida edi. Uning xorijlik ekanini gapirmasa ham bo‘laveradi.

Shartnoma uzaytirilganidan bir hafta o‘tib, kutilmaganda Xareyde iste’foga chiqishini bildirdi.

Klubning rasmiy manbalari turli taxminlarni ilgari surishgan bo‘lsa, Daniyadagi nashrlar norvegiyalik mutaxassisning «Brondbyu» muxlislari tomonidan uyushtirilgan bosimga dosh berolmaganini ta’kidlashdi.

Qisqasi, murabbiy uzoq vaqt omma e’tiboridan chetda qoldi. Sirli iste’fo haqidagi haqiqat esa oradan ikki yil o‘tgach oshkor bo‘ldi.

- Men Kopengagenda ishlayotganimda, rafiqam Moldeda edi, - deydi Xareyde. - «Vayle» bilan o‘yin o‘tkaziladigan kuni qo‘ng‘iroq qilib, unga saraton xastaligi tashxisi qo‘yishganini aytdi.

Bir hafta uxlay olmadim, bu haqda hech kimga aytolmasdim, chunki Daniya va Norvegiyada qanday g‘alva boshlanishini bilardim. Tushkunlikka tushdim, o‘yinchilar buni sezishar, ammo sababidan bexabar edilar.

O‘zimni xuddi o‘zga sayyoraga tushib qolgandek his qilardim. Annbyorg (rafiqasi) bilan imkon qadar tez-tez gaplashib turdim, jamoam qatorasiga uchta o‘yinda ochko yo‘qotdi.

Qizig‘i, u o‘zidan ko‘ra menga ko‘proq qayg‘urayotgandi. Zero mag‘lubiyatning menga qanday ta’sir o‘tkazishini bilardi.

«Midtyullann»ga yutqazgach, Xareyde tamomila o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Kiyinish xonasiga kirganida qulog‘i shang‘illardi. «Futbolchilar meni butunlay o‘zgacha qiyofada ko‘rishdi, - degandi u keyinroq yozgan qaydlarida.

Og‘ir-bosiq, vaqti kelganda g‘oyat andishali Oge kutilmaganda qichqirib, jazavaga tushgancha devorni musht­lay boshladi. Avtobusga chiqqanda uning fikri oydinlashdi, xayollari har qanday mag‘lubiyatdanda og‘riqliroq zarba berayotgandi: futbol uning uchun hech qanday ahamiyat kasb etmayotgandi, yaqin qolgan chempionlik ham taskin berolmasdi. Murabbiy hammasini tashlab, uyiga yo‘l oldi. Chempionlik medalini taqish unga nasib qilmadi.

Matbuot Xareydening xarakteri sust, dastlabki murakkab vaziyatdayoq jamoani tashlab ketishga tayyor irodasiz murabbiy ekanligini ta’kidladi.

Mart oyidayoq Ogening faoliyati yuqori cho‘qqilar sari intilayotgandi - Angliya chempionatidan taklif oldi, ammo jurnalistlar uning obro‘sini yer bilan bitta qilishdi.

Keyinchalik tumanli o‘lkadagi qiziqish so‘ndi, o‘z navbatida, tanqidchilarga ta­yinli javob qaytargisi kelmadi. U shunchaki, oilaviy sirni yashirishni xohlardi. Bu shaxsiy faoliyatidan muhimroq edi.

- Hayotda futboldan ham ahamiyatliroq va DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 11.12.2017.
O'qildi: 3798 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.