Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ravshan Haydarov: Taylanddagi musobaqadan OCHga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanamiz

Ravshan Haydarov: Taylanddagi musobaqadan OCHga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanamiz

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Taylandda bo‘lib o‘tayotgan "M-150 Cup" musobaqasi haqida fikr bildirdi.

"Bizga bu musobaqada qatnashish taklifi berilganda bajonidil rozi bo‘ldik. Chunki Taylanddagi turnir orqali yanvar oyida Xitoyda bo‘ladigan Osiyo chempionatiga tayyorlanib olishni maqsad qilgan edik.

Ayni vaqtda kuniga ikki mahal mashg‘ulot olib borilmoqda va futbolchilarning tayyorgarlik darajasini Myanma va Vyetnamga qarshi o‘yinlar orqali ko‘rib olmoqchimiz. Aynan shu sababga ko‘ra musobaqa tashkilotchilaridan iltimos qilib, zaxira almashtirishlari sonini uchtadan oltitaga ko‘paytirdik. Biz imkon qadar ko‘proq futbolchilarni sinovdan o‘tkazishni maqsad qilganmiz.

Futbolchilarning sport formasini Osiyo chempionatiga qadar yuqori darajaga olib chiqish kerak. Ayni vaqtda ular optimal formada bo‘lmasligi tabiiy. Bizning bu musobaqadan maqsadimiz ham ularning sport formasini ko‘tarish va o‘yin amaliyotini ta’minlab berish.

Bizda mavsum yaqinda yakuniga yetdi. Aynan shu sababga ko‘ra "Bunyodkor" bilan O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynagan Dostonbek Hamdamov va Rustam Ashurmatovlar alohida dastur bo‘yicha tayyorlanyapti. Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov hamda Akrom Komilov uchun ham maxsus dastur ishlab chiqilgan.

Shuningdek O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida bo‘lgan Odil Hamrobekov ham hozircha maydonga tushishga to‘liq tayyor emas. Bu futbolchilar Xitoyda bo‘ladigan qit’a birinchiligiga optimal formada borishi lozim.

Taylandda bo‘ladigan yig‘inda terma jamoa tarkibi va o‘yinini shakllantirish davom etmoqda. Bu musobaqa Osiyo chempionatiga tayyorgarlikda qo‘l kelishiga ishonaman", - deydi Ravshan Haydarov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:38, 12.12.2017.
O'qildi: 4143 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик