Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Abadiy raqam sohiblariga aylangan futbol afsonalari (fotogalereya)

Abadiy raqam sohiblariga aylangan futbol afsonalari (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Umuman, professionallar ham o‘z formalaridagi raqamga aslo befarq qaramaydilar.

Ayrimlar hattoki, shartnoma tuzishdan oldin qaysi raqam ostida o‘ynashlari haqida klub rahbariyati oldiga talab ham qo‘yishadi.

Bitta yorqin misol, 2016 yili yozda «MYU» bilan shartnoma tuzgan shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich «9»ni bo‘shatib qo‘yishlarini so‘radi, vaholanki, bu raqam Antoni Martialga tegishli edi.

Natijada yosh fransuz biroz ranjigan, biroq mashhur jamoadoshi xohishiga qarshi borolmagandi, baribir. Lekin ayrim klublar muayyan raqamni qaysidir futbolchi yoki muxlislarga abadiy berganki, Ibragimovich tugul, boshqasi ham ularni ololmaydi.

Quyidagi fotojamlanmada aynan o‘yinchilik raqamining abadiy sohiblari haqida so‘z boradi.

«Vest Xem» himoyachisi Bobbi Mur - 6-raqam. Jahon chempioni va Yevropa chempionati bronza medali sovrindori Bobbi Mur «Vest Xem» tarkibida 500 martadan ko‘p maydonga tushgan va haqli ravishda klubning buyuk yulduzi sanaladi.

Shuning uchun ham, 1993 yili afsonaviy futbolchi hayotdan ko‘z yumgach, London jamoasi rahbariyati 6-raqamli futbolkani hech kimga bermaslikka qaror qilgan. Xullas, «Vest Xem»ning 6-raqamli formasi orqasida hamon «Mur» yozuvi porlab turadi.

«Gonved» hujumchisi Ferens Pushkash - 10-raqam.Ferens Pushkash nafaqat kamtarin «Gonved», balki «Real Madrid» klubi va Vengriya terma jamoasining chinakam afsonasiga aylandi.

 

U avvaliga naq 24 mavsum davomida futbol o‘ynab, muxlislarini sehrli chap oyog‘ida berilgan zarbalar bilan quvontirdi, keyin murabbiy sifatida mamlakat chempioni bo‘ldi, Yevropa Chempionlar kubogi finalchisiga aylandi.

Beqiyos goleador 79 yoshida hayot bilan vidolashgach, Vengriya klubi 10-raqamni «muzlatib» qo‘ydi, aniqrog‘i, buyuk futbolchi xotirasini shu yo‘l bilan abadiylashtirdi.

SSKA darvozaboni Sergey Perxun - 16-raqam. Ukraina milliy jamoasi va Moskvaning SSKA klubi golkiperi «Anji»ga qarshi kechgan o‘yinda maxachqal’alik Budun Budunov bilan to‘qnashib ketish natijasida miya chayqalishiga uchradi va 2 kundan so‘ng shifoxonada abadiy ko‘z yumdi. «Harbiylar» rahbariyati bundan ta’sirlanib, SSKAning 16-raqamini uning familiyasiga abadiy rasmiylashtirdi.

«Sevilya» himoyachisi Antonio Puerta - 16-raqam. Yana bir ko‘ngilsiz voqea - Antonio «Real»ga qarshi o‘yin chog‘i yurak xurujiga uchradi. Kiyinish xonasida bu hol takrorlandi va futbolchi darhol shifoxonaga yetkazildi.

Biroq foydasi sezilmadi - Puerta 3 kundan so‘ng hayot bilan xayrlashdi. Oradan 2 oy o‘tib, futbolchining turmush o‘rtog‘i o‘g‘ilchali bo‘ldi. «Sevilya» rahbariyati sovg‘a sifatida chaqaloq nomiga bir umrlik mavsumiy abonement rasmiylashtirdi.

Shuningdek, u kelajakda otasiga tegishli 16-raqamni meros qilib olishi mumkin. Bordiyu, kichik Puerta futbol yo‘lini tanlamasa yoki «Sevilya»da o‘ynamasa, unda «16» otasi nomida qolaveradi.

«Rubin» himoyachisi Lenar Gilmullin - 17-raqam. «Rubin» tarbiyalanuvchisi va Rossiya yoshlar terma jamoasi sardori futbol maydonidagi to‘qnashuv emas, avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘sha vaqt Lenar atigi 22 yoshli yigitcha edi. Qozon klubi rahbariyati o‘ta iqtidorli himoyachini eslab yurishni xohlab, 17-raqamni daxlsiz qoldirdi.

«Volfsburg» yarim himoyachisi Junior Malanda - 19-raqam. Belgiyalik futbolchi 2015 yili avtohalokatga yo‘liqdi. U o‘sha vaqt haydovchilik guvohnomasi olish uchun tahsil olayotgandi.

Garchi Junior klub tarbiyalanuvchisi hisoblanmasada, rahbariyat qaroriga ko‘ra, 19-raqam tamomila uning nomiga biriktirildi. Vaholanki, Belgiya vakili «bo‘rilar»ning asosiy tarkibida o‘ynashga ham ulgurmagandi.

«San-Paulu» darvozaboni Rojerio Seni - 1-raqam. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:50, 15.12.2017.
O'qildi: 15524 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.