Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Brinyoli birinchisi emas yoxud italiyalik to‘purar darvozabonlar

Brinyoli birinchisi emas yoxud italiyalik to‘purar darvozabonlar

Baho:
+ | -

Qarangki, «Benevento» «A» seriyasidagi ochkolari hisobini «Milan»ga qarshi o‘yin (2:2)da ochdi, boz ustiga, durangni ta’minlagan gol 90+5-daqiqada jamoa darvozaboni (!) Alberto Brinyoli tomonidan urildi.

Lekin Italiya chempionatida golkiperlarning raqib darvozasini ishg‘ol etishlari avvallari ham yetarlicha kuzatilgan. Ya’ni Brinyoli bu borada birinchi futbolchi emas.

Tarixga nazar solsak, 1940-1950 yillar oralig‘ida faoliyat yuritgan Luchidio Sentimenti (Sentimenti IV, chunki uning oilasida 5 nafar aka-uka futbolchi bo‘lib yetishgan)  futbol tarixida 11 metrli jarima zarbasini ijro etgan ilk darvozabonlardan biri bo‘lgan.

O‘tgan asrning 70-yillariga kelib, «Komo» darvozasini qo‘riqlagan Antonio Rigamonti «nuqta»dan naq 6ta gol urgan, xususan, «A» seriyasi o‘yinlarida 3ta penaltini muvaffaqiyatli bajargan.

Italiyalik kiperning o‘yin holatidan gol urishi esa ilk marta 1990 yildan keyin kuzatilgan.

Mikelanjelo RAMPULLA

Qachon tug‘ilgan? 1962 yilning 10 avgustida.

Qaysi jamoalarda o‘ynagan? «Patteze» (19ta o‘yin), «Chezena» (96ta o‘yin), «Vareze» (73ta o‘yin), «Kremoneze» (249ta o‘yin) va «Yuventus» (49ta o‘yin)da.

Hozir nima bilan band? Marchello Lippi boshqaruvidagi Xitoy milliy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlamoqda.

Qachon gol urgan? 1992 yilning 23 fevral kuni «Kremoneze» safida «Atalanta» darvozasiga (hisob - 1:1).

«A» seriyasida darvozabonning o‘yin holatidan urgan ilk goli juda effektli chiqqandi. Rampulla stardart vaziyat amalga oshirilishidan oldin raqib darvozasiga yaqinlashadi va hujumchilarga xos harakatlanadi:

havodagi to‘p uchun kurashda himoyachidan ustunlik qilib, uni boshi bilan darvozaga yo‘llaydi. Biroq bu ajib goli «Kremoneze»ga naf bermaydi - jamoa chempionat yakunida elitadan tushib ketadi, baribir. To‘g‘ri, Rampullaning o‘zi mavsum tugagach, «Yuventus» bilan shartnoma tuzadi.

Mikelanjeloning Turindagi faoliyatiga kelsak, u Anjelo Perussi o‘rinbosari roli bilan cheklanib, skudettoning 4 karra sohibiga aylanishdan tashqari, CHLda ham g‘alaba nashidasini suradi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Rampullani asosan o‘sha goli tufayli ko‘proq eslashadi.

Massimo TAIBI

Qachon tug‘ilgan? 1970 yilning 18 fevralida.

Qaysi jamoalarda o‘ynagan? «Lichata» (1ta o‘yin), «Trento» (23ta o‘yin), «Komo» (34ta o‘yin), «Pyachensa» (177ta o‘yin), «Milan» (17ta o‘yin), «Venesiya» (34ta o‘yin), «MYU» (4ta o‘yin), «Redjina» (52ta o‘yin), «Atalanta» (131ta o‘yin), «Torino» (49ta o‘yin) va «Askoli» (47ta o‘yin)da.

Hozir nima bilan band? Palermoda shaxsiy bolalar futbol maktabi ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Qachon gol urgan?  2001 yilning 1 aprel kuni «Redjina» safida «Udineze» darvozasiga (hisob - 1:1).

Darvozabonlar goli klassikasi. Oxirgi daqiqa, hisobdagi farq 1ta golga teng, burchak to‘pi, raqib jarima maydoniga borgan kiper hammadan baland sakrab, boshi bilan zarba yo‘llaydi - chinakam mo‘’jiza!

Navbatdagi qahramonning biografiyasi ancha qiziqarli. Taibi faoliyati davomida naq 11ta jamoada o‘ynagan va ular orasida «Milan» hamda «MYU»dek grandlar bor. To‘g‘ri, uning Angliyadagi sarguzashti katta omadsizlik bilan yakun topgan.

Peter Shmeyxelga o‘rinbosar qidirgan Aleks Fergyuson nomzodlar orasida italyanni tanlaydi va bu eng yomon variant bo‘lib chiqadi.

Zero, Massimo «Chelsi»ga qarshi o‘yinda naq 5ta gol qo‘yib yuboradi (0:5). Boz ustiga, u «Sautgempton» bilan bahs (3:3)da APL tarixidagi eng kulguli xatolardan biri muallifiga aylangandi.

Franchesko TOLDO DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:10, 17.12.2017.
O'qildi: 2289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.