Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

APL. «Manchester Yunayted» qiyin o‘tgan o‘yinda «Vest Bromvich»ni mag‘lub etdi

APL. «Manchester Yunayted» qiyin o‘tgan o‘yinda «Vest Bromvich»ni mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

Angliya Premyer – Ligasining 18-turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich” hamda “Manchester Yunayted” jamolalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda mehmonlar qiyinchilik bilan 2:1 hisobini ushlab qolishdi.

Dastlab, 27-daqiqada Romelu Lukaku bosh bilan bergan zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan biroz vaqt o‘tib Jessi Lingard ajoyib zarba orqali oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Jamoalar tanaffusga aynan mana shunday hisobda yo‘l olishdi.

Uchrashuv davomida “qizil iblislar” himoyachisi Antonio Valensiya kichik jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Markus Roxo 66-daqiqada maydonga tushirildi. O‘yinning 77-daqiqasiga kelib, “Bromvich”ning burchakdan oshirilgan to‘pi golga aylandi. Mezbonlar yarim himoyachisi Garet Berri De Xea qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi.

Shundan so‘ng mezbonlar faqat hisobni tenglashtirish uchun bor kuchlarini sarflashdi, lekin shunga qaramay Mourinyo shogirdlari himoyada barqaror o‘yin ko‘rsatish evaziga safarda uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

APL, 18-tur.

Vest Bromvich – Manchester Yunayted 1:2.

Gollar:0:1 – 27 Lukaku, 0:2 – 35 Lingard, 1:2 – 77 Berri.

Vest Bromvich – Foster, Xegazi, Gibbs, Nyom, Evans, Krixovyak (Brant, 72), Yakob (Berri, 46), Makkleyn, Livermor, Berk (Rodriges, 64), Rondon.

Manchester Yunayted –De Xea, Djons, Smolling, Valensiya (Roxo, 66), Mata, Yang, Errera, Matich, Lingard (Maktomini, 86), Reshford (Marsyal, 79), Lukaku.

Ogohlantirishlar:Reshford (53), Matich (90), Rondon (90), Roxo (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:07, 17.12.2017.
O'qildi: 3031 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик