“Al-Jazira” yarim himoyachisi Lassana Diarraga “PSJ” qiziqib qoldi. Parijliklar 32 yoshli futbolchining transferi borasida muzokara boshlashga tayyor.
Diarra bundan oldin “Real”, “Anji” va Moskvaning “Lokomotiv” kabi klublarida to‘p surgan. U joriy mavsumda 5 marta maydonga tushdi.