Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

35 yoshli Denni Uelbek rasman «Chelsi» futbolchisiga aylandi

35 yoshli Denni Uelbek rasman «Chelsi» futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -2

Londonning «Chelsi» klubi 35 yoshli angliyalik hujumchi Denni Uelbek bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Klub matbuot xizmati quyidagi bayonotni tarqatdi:

«"Chelsi" Premyer-ligada ishtirok etuvchi "Brayton end Xouv Albion" klubidan Denni Uelbek bilan shartnoma imzolanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Angliya terma jamoasi safida 42 ta o‘yin o‘tkazgan hujumchi 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi va mavsumoldi yig‘ini davomida Xabi Alonso boshqarayotgan jamoaga qo‘shiladi».

Denni Uelbek «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoada ham to‘p surgan. Shuningdek, u faoliyati davomida «Arsenal», «Uotford» hamda boshqa klublar sharafini ham himoya qilgan.

Tajribali hujumchi 2020 yildan buyon «Brayton» safida o‘ynab kelayotgan edi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:33, 01.08.2026.
O'qildi: 2151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик