Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Zavisha Milosavlevich Farg‘onada bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi

Zavisha Milosavlevich Farg‘onada bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi

Baho:
+ | -

Shu yilning 18 dekabr kuni bolalar futboli bo‘yicha serbiyalik mutaxassis Zavisha Milosavlevich yurtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Kecha serbiyalik mutaxassis Andijonda bolalarning futbol bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bolalar futboli bo‘yicha ish olib borayotgan murabbiylarga o‘z dasturini taqdim etganini ma’lum qilgandik.

Bugun Zavisha Milosavlevich Farg‘onaga tashrif buyurdi. U Farg‘ona viloyati futbol federasiyasi vise-prezidenti Hakim Fayziyev bilan uchrashdi. Keyin "Istiqlol" stadioni bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng "Neftchi" qoshidagi bolalar futbol maktabiga borib, ushbu maktabda futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan bolalar bilan suhbatlashdi. Farg‘ona viloyati Olimpiya zaxiralari kollejida bolalar murabbiylari uchun o‘z dasturini taqdimotini o‘tkazdi. Murabbiylarga kerakli maslahatlar berdi.

Bundan tashqari, shu kunlarda Farg‘onada "S" lisenziyasi uchun bo‘lib o‘tayotgan o‘quv kurslarida ishtirok etdi. O‘quv kurslarini o‘tkazayotgan Zoir Hasanov bilan fikr almashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Zavisha Milosavlevich bugunning o‘zida Qo‘qon shahriga yo‘l oldi. U yerda ham bolalar futboli bo‘yicha ish olib borayotgan mutaxassislar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:52, 21.12.2017.
O'qildi: 2180 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.