Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Futzal. Darvozabonlar murabbiylari uchun Level-1 xalqaro o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Futzal. Darvozabonlar murabbiylari uchun Level-1 xalqaro o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -

Bugun 25 dekabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida futzal bo‘yicha darvozabonlar murabbiylari uchun OFKning Level-1 xalqaro o‘quv kurslari boshlandi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi o‘quv kurslari O‘zbekiston futbol federasiyasi tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk marta tashkil etilmoqda. Level-1 xalqaro o‘quv kurslarini tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimizda yuqori saviyali darvozabonlarni tayyorlashdan iborat. Mazkur o‘quv kurslari ishtirokchilar uchun bepul bo‘lib, xarajatlar O‘zbekiston Futbol federasiyasi tomonidan qoplanmoqda.   

Ushbu kurslarda jami 16 nafar murabbiylar ishtirok etmoqda. Eron mamlakatidan tashrif buyurgan OFK instruktori Maykl Petros murabbiylar bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Mayl Petrosga futzal bo‘yicha terma jamoamiz darvozaboni Rustam Umarov assistentlik qilmoqda.

O‘quv kurslari 29 dekabrga qadar davom etadi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylarga OFK sertifikati va O‘zbekiston futbol federasiyasi lisenziyasi taqdim qilinadi.  

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:35, 25.12.2017.
O'qildi: 1801 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик