Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Igor Sergeev BAA klubiga o‘tdi

Igor Sergeev BAA klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" futbol klubi asosiy jamoaning uch nafar a’zosi bilan xayrlashilganini ma’lum qiladi.

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Andrey Shipilov faoliyatini Bekobodning "Metallurg" jamoasida bosh murabbiy sifatida davom ettiradi. "Paxtakor" tizimida uzoq yillar ishlab kelgan Andrey Sergeevichga yangi klubi va ishida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Yarim himoyachi Sherzod Karimov 2008 yildan beri jamoamiz sharafini himoya qildi. U oliy ligada 178 uchrashuvda 24 gol urishga erishdi. Uch bor mamlakat chempioniga aylanib, ikki marta O‘zbekiston Kubogida g‘alaba qozondi.

Hujumchi Igor Sergeev 2009 yil "Paxtakor" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Shu davr oralig‘ida 121 bellashuvda 64 to‘p kiritishga erishdi. Igor faoliyatini BAAning "Al-Dafra" klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Sergeev ham uch bor mamlakat chempionatida oltin medallarga ega chiqdi.

2018 yilni yangi jamoalarda boshlaydigan Andrey Shipilov, Sherzod Karimov va Igor Sergeevga "Paxtakor" futbol klubi nomidan omad tilaymiz. Ularga o‘tgan yillar mobaynida jamoa g‘alabalariga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:30, 26.12.2017.
O'qildi: 14296 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.