Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Diyego Godin – himoyada hammadan oldin!

Diyego Godin – himoyada hammadan oldin!

Baho:
+ | -

Rossiya mundialida «A» guruhi favoriti - Urugvay xorijlik muxlislar o‘rtasida qudratli hujumchilar tandemi bilan dong taratgan.

Biroq Janubiy Amerikadagilar ushbu termaning chinakam yetakchisi sifatida sardor - Diyego Godinni e’tirof etishmoqda.

Iqtidorli himoyachi nafaqat mamlakat milliy jamoasi, balki «Atletiko» klubi muvaffaqiyatlarida ham muhim o‘rin tutadi.

Tirishqoqlik

«Men uchun eng yoqimsiz yumush - «Atletiko»ga qarshi to‘p surish. Bu jamoa osonlikcha «jon» bermaydi. Eng qiyini esa, Godin ta’qibidan xalos bo‘lish. Qachon qarama, yoningda, bir soniyaga ham tinch qo‘ymaydi», - «Barselona» hujumchisi Luis Suares o‘zining termadagi maslakdoshi o‘yinlariga shunday ta’rif bergandi.

Bir qarashda bu ozg‘in himoyachi na jismoniy va na yuqori tezligi bilan maqtana oladi. Xuddi shu aldamchi tasavvur raqiblarni g‘aflatda qoldiradi. Diyegoning to‘p uchun qanday kurashayotganini bir marta ko‘rgan kishida uning yuksak iqtidoriga shubha qolmaydi. Hozirda raqibga noqulayliklar tug‘dirish bobida Godin bilan bahslasha oladigan himoyachi yo‘q.

Hujumchi to‘pni gavdasi bilan yashirishga uringan har qanday vaziyatda ham Diyegoning suyakdor oyoqlari to‘pga yetib boradi. Raqib qanchalik yuqori tezlik namoyish etmasin, Godin eng maqbul yo‘nalishni topib, to‘pga undan avvalroq yetib boradi.

«Ikkinchi qavat»­dagi qarama-qarshiliklarda ham qulay pozisiyani topa olish evaziga raqibini dog‘da qoldiradi. Albatta, Diyego robot emas, u ham charchaydi, qandaydir kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Ammo o‘ziga nisbatan talabchanlik va tirishqoqlik tufayli hech qachon yuksak saviyasini boy bermaydi.

Fidoyilik

Diyego doimo bor kuch-mahoratini sarflaydi, har bir to‘qnashuv, vaziyat va muayyan o‘yinda uning fazilatlarini sanab o‘tish qiyin. Lekin eng muhimi, Diyego ruhiy qudratga ega. U sinovlarni sevadi, har gal g‘olib chiqishni istaydi. Qisqasi, Godin Urugvay terma jamoasining eng yetuk namunasi!

Bosh murabbiy Oskar Tabaresning suyukli shogirdi xususidagi fikri ana shunday. Sardorning tengsizligiga shubha qilmaydigan yolg‘iz u emas. Himoyachining o‘z vazifasiga nisbatan munosabatidan xabardor bo‘lganlarni bunday fidoyilik ajablantirmaydi: «O‘yinimning hech qanday sirli jihati yo‘q.

Shunchaki, har bir uchrashuvdan keyin umrimning bir qismi maydonda qoladi». Vaholanki, Diyego dam olish nimaligini bilmaydi. O‘tgan yili qatorasiga 126ta bellashuvda to‘liq ishtirok etib, fantastik rekord sohibiga aylangandi.

Agar «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda jarohatlanmaganida, 2012 yilning sent­yabridan 2016 yilning martiga qadar cho‘zilgan seriya balki hozir ham davom etayotgan bo‘larmidi?! Godindagi murosasizlik xususiyati ba’zan uni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. «Alaves»ga qarshi safar uchrashuvida himoyachi mezbon hujumchi Deyverson Brum bilan janjallashib qoldi.

Mojaro Brumning himoyachi yuziga tupurishi bilan yakun topdi. Avvaliga Godin sportchiga xos bo‘lmagan bu harakatlarga e’tibor bermagandek edi. Biroq bir necha soniyalardan so‘ng ehtiros sog‘lom fikrdan ustun keldi: raqib bo‘yniga javob tupugini yo‘lladi.

«Bu noxush voqeani hech qanday sabab bilan oqlab bo‘lmaydi, hattoki, u mening yuzimga uch marta tupurgani ham asos bo‘lolmaydi. Qilgan ishimdan afsusdaman. O‘ylaymanki, raqib ham vijdon azobida bo‘lsa kerak. Eng achinarlisi, bema’ni qilig‘imizni bolalar ham ko‘rishdi.

Men doimo ularga ibrat bo‘lishga intilardim. Shu bois, yuz bergan voqeani ko‘rgan va tushunolmagan yosh muxlislardan alohida uzr so‘rayman», - degandi Diyego afsuslanib. O‘shanda hakam bu ikki janjalkashni jazolamagandi. Lekin «Eybar» bilan kechgan o‘yinda Godin qizil kartochka bilan «siylandi» va maydonni tark etish chog‘ida yon hakamga ko‘zoynak taqib olishni maslahat berdi.

Oqibatda, federasiya uni yana ikkita uchrashuvdan mahrum etdi. Albatta, jizzakilik hech kimga obro‘ keltirmaydi. Godinning kurashga naqadar chanqoqligini shundan ham bilib olsa bo‘ladi.

Mana shu fidoyilikni Diyegoning nomdoshi - «Atletiko» ustozi Simeone yuksak qadrlaydi: «Koke va Godin. Bu ikki futbolchi har qancha mablag‘ga ham sotilmaydi. Ular «Atletiko» ustuni, shoni, kuchi va ruhiyatidir!».

Vorislik DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:53, 28.12.2017.
O'qildi: 2713 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.