Kecha APLning 21-turi doirasida “Arsenal” klubi “Vest Bromvich” bilan durang o‘ynadi, 1:1.
Uchrashuvda “kanonirlar” yetakchisi Mesut O‘zil maydonga tushmadi. Klub rasmiy tvitteri tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarda tizzasidan kichik jarohat orttirib olgan. U jamoasining keyingi uchrashuvigacha safga qaytishi kutilmoqda.