Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal kataloniyaliklar safidagi jamoadoshlarini hisobga olmaganda, qaysi futbolchilarning o‘yinini kuzatishni yoqtirishi haqidagi savolga javob berdi.
«Neymar. U mening kumirim. Shuningdek, Jeremi Doku va Rayan Sherki», — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Qayd etish lozimki, Jeremi Doku va Rayan Sherki klub darajasida «Manchester Siti» sharafini himoya qilishadi. Neymar esa «Santos» safida to‘p suradi va u o‘z faoliyatidagi so‘nggi Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Lamin Yamal joy olgan Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 15 iyun, dushanba kuni Kabo-Verdega qarshi o‘tkazadi.













