Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Diyego Kosta: «Maydonga tushishimni ancha kutdim»

Diyego Kosta: «Maydonga tushishimni ancha kutdim»

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Diyego Kosta tezroq maydonga qaytishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi yozdayoq “Atletiko” bilan kelishuvga erishgandi. Biroq FIFAning ta’qiqiga ko‘ra, Kosta 1 yanvardan keyin “matraschilar” libosida maydonga qaytishi mumkin edi.

“Klubdagilar mening qaytishimni istagani uchun rahmat aytaman. Maydonga qaytishga tayyorman. Bu vaqtlarni ancha kutdim.

Tushunaman, mashg‘ulotlar o‘yinning o‘rnini bosa olmaydi. Bo‘ldi, mashg‘ulotlardan charchadim, endi o‘ynashim kerak.

“Chelsi”? Buyuk klub. Bu jamoa xotiramda faqatgina yaxshi jihatlari bilan saqlanib qoladi”, - deydi Kosta.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli hujumchi “Atletiko” tarkibida 2007/09 va 2010/14 yillar oralig‘ida harakat qilgan.

Manba: sports.es
Kiritildi: 14:29, 01.01.2018.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик